Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyatida ikki nafar fuqaroni noqonuniy yo‘llar bilan xususiy OTMga kiritishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, Ishtixon tumanida tug‘ilgan, mazkur tumandagi maktablarning birida o‘qituvchilik qilib kelayotgan 24 yoshli N.A. o‘z mansab faoliyatidan foydalangan holda ikki nafar fuqaroni Samarqand viloyatida ochilishi rejalashtirilgan “Nukus Innovatsion Instituti” nomli xususiy oliygohning 2-bosqichidan o‘qishga kiritishni vaʼda qilgan. U fuqarolarning har biridan 500 dollardan, jami 1 000 dollar miqdoridagi pul mablag‘larini talab qilgan.

DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda prokuratura huzuridagi departament xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, N.A. ikki nafar fuqarolardan firibgarlik yo‘li bilan 1 000 dollar miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy o‘qishga kiritish holatlari

Avvalroq, Farg‘ona, Andijon, Guliston davlat universitetlari va “Narxoz”ga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul olgan shaxslar ushlangani xabar qilingandi. Shuningdek, Andijonda o‘qishga kiritishni vaʼda qilib, 4 ming AQSH dollari olgan OTM xodimi qo‘lga olingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »