Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Keng miqyosli bosqin boshidan beri Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga kamida 1 961 ta Shahed tipidagi dronlarni uchirdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urushning 526-kuni yakunlari bo‘yicha yo‘llagan videomurojaatida ma’lum qildi.

Foto: “Novoye Izdaniye”

Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylar kamikadze dronlarining “asosiy qismini” urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

“Afsuski, hammasi emas. Biz yanada ko‘proq (dronlarni) urib tushirish ustida ishlayapmiz: imkon qadar ko‘proq urib tushirish ustida. Ko‘proq havo mudofaa tizimlariga ega bo‘lish uchun ishlayapmiz”, — deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Rossiya armiyasi Ukrainada Eronda ishlab chiqarilgan Shahed-131/136 kamikadze dronlaridan faol foydalanmoqda, ruslar ularning nomini “Geran-1” va “Geran-2” deb o‘zgartirgan. Ukraina hukumati muntazam ravishda Rossiya harbiylari Ukraina harbiy, fuqarolik va energetika obyektlariga dron uchirayotgani haqida xabar berib keladi.

Foto: Telegram

Iyul oyi oxirida Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya qo‘shinlari Eronning Rossiyada ishlab chiqarilgan Shahed dronlaridan foydalanishni boshlaganini ma’lum qildi. Ushbu dronlarni yig‘ish Tataristondagi “Alabu”ga maxsus iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilayotgani aytildi. Mahalliy jurnalistlarning surishtiruviga ko‘ra, 15-16 yoshli kollej o‘quvchilari Eron komponentlaridan jangovar dronlarni yig‘ishga majburiy jalb etilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »