Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekistonning qator viloyatlarida OTMga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlarini aniqladi.

Kadr: Telegram

Xususan, DXXning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Andijon davlat universiteti xodimi yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni mazkur oliy o‘quv yurti “Biologiya” yo‘nalishining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Qarshi shahrida yashovchi 31 yoshli shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida uni Qarshi davlat universitetining “Sport” fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Chirchiq davlat pedagogika universitetining bo‘lim boshlig‘i 2 nafar fuqaroning Rossiya oliy o‘quv yurtidagi o‘qishini o‘zi faoliyat yuritayotgan universitetga ko‘chirib berish va 2 nafar fuqaroga ingliz tilini bilish bo‘yicha xalqaro sertifikat olib berish evaziga 10,1 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Boshqa holatda esa Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi fuqaroni ushbu oliy o‘quv yurtining maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda jismoniy tarbiya yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Yana bir holatda Qibray tumanida yashovchi er-xotin o‘zlarining tanishlari yordamida fuqaroni Chirchiq davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3,5 ming dollar olgan vaqtlarida ushlangan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy o‘qishga kiritish holatlari

Avvalroq, Farg‘ona, Andijon, Guliston davlat universitetlari va “Narxoz”ga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul olgan shaxslar ushlangani xabar qilingandi. Shuningdek, Andijonda o‘qishga kiritishni vaʼda qilib, 4 ming AQSH dollari olgan OTM xodimi qo‘lga olingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »