Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken mamlakat Niger hukumatiga foyda keltiradigan ayrim xorijiy yordam dasturlarini moliyalashtirishni to‘xtatganini ma’lum qildi. Uning bayonoti Davlat departamenti saytida chop etildi.

Nigerdagi davlat to‘ntarishini qo‘llab chiqqan aholi
Foto: Reuters

Ta’kidlanishicha, bu vaqtinchalik chora bo‘lib, Vashingtonning Nigerdagi hamma yordam dasturlariga ham ta’sir qilmaydi. Qo‘shma Shtatlar insonparvarlik va oziq-ovqat yordamini ko‘rsatishda davom etadi. Bundan tashqari, AQSH hukumati vakillarining mamlakatdagi faoliyati, jumladan diplomatik operatsiyalar va Amerika fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha harakatlar “imkon qadar” davom etyapti.

“AQSHning Niger hukumatiga yordam ko‘rsatishi demokratik boshqaruv va konstitutsiyaviy tuzumga hurmat bilan bog‘liq. Bu ECOWAS (G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy jamiyati) va Afrika Ittifoqi tomonidan qabul qilingan qadamlarga mos keladi. AQSH hukumati tashqi yordamimiz va hamkorligimizni qayta ko‘rib chiqishda davom etadi”, — dedi Blinken.

Shu bilan birga, u Vashington Nigerga yordam berishga sodiqligini ta’kidladi va mamlakatda demokratik yo‘l bilan saylangan hukumatni tiklashga chaqirdi.

Nigerda harbiylar davlat to‘ntarishi uyushtirdi

Nigerda davlat to‘ntarishi 26-iyul kuni sodir bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilar – prezident qo‘riqchisi, armiya qo‘mondonlari bilan birgalikda Niger prezidenti Muhammad Bazumning lavozimidan chetlatilgani va hibsga olinganini eʼlon qildi. Ular chegaralarni yopdi va mamlakatda komendantlik soati joriy etdi.

Prezident gvardiyasi boshlig‘i Abdurahmon Chiani o‘zini yangi rahbar deb e’lon qildi. Yevropa Ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, AQSH va Afrika Ittifoqi isyonchilarning harakatlarini qoraladi.

AQSH Davlat departamenti davlat to‘ntarishi tufayli diplomatik vakolatxonalar xodimlarining bir qismiga mamlakatni tark etishni buyurdi. Jahon banki Niger bilan barcha operatsiyalarni to‘xtatdi.

G‘arbiy Afrika yetakchilari, agar harbiylar Bazumni hokimiyatga qaytarmasa, qo‘shin kiritish bilan tahdid qilgan. Qo‘shni Burkina-Faso va Mali bunga javoban Niger ichki ishlariga aralashuvni urush e’lon qilish, deb hisoblashi haqida ogohlantirgan.

Mavzuga doir
Izoh

Shixnazar Xusainov

05.08.2023, 16:39

assalom

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »