Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nigerdagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng, 5-avgustga kelib mintaqadagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyatiga (ECOWAS) a’zo davlatlar Qurolli kuchlari qo‘mondonlari isyonga javoban Nigerga ehtimoliy bostirib kirish rejasini ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Fransiyaning RFI media kompaniyasi.

Foto: “Vesti.az”
“Qo‘mondonlar tomonidan ma’qullangan tavsiyanomada ehtimoliy aralashuvning barcha elementlari, shu jumladan, buning uchun zarur resurslar, qo‘shinlarni qanday va qachon joylashtirish kabilar aytilgan”, — deya agentlik ECOWAS’ning siyosiy masalalar, tinchlik va xavfsizlik bo‘yicha komissari Abdul-Fatav Musoning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

ECOWAS davlatlari rahbarlari ushbu tavsiya asosida harakatlanish bo‘yicha qaror qabul qilish ustida ishlamoqda.

Nigeriya poytaxti Abujada ittifoqchi davlatlar rahbarlarining uch kunlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Nigeriya prezidenti Bola Tinubu mamlakat Senatini Nigerga qurolli bostirib kirish chorasini ma’qullashga chaqirdi. ECOWAS’ga raislik qiluvchi Tinubu Nigerdagi isyonchilar muzokaraga rozi bo‘lmagan taqdirda, “qo‘shinlarni shay holatga keltirish va Nigerdagi vaziyatga harbiy aralashuv”ni yoqladi.

Isyonchilarga ultimatum

ECOWAS davlatlari 30-iyul kuni Nigerdagi qo‘zg‘olonchilarga ultimatum qo‘yib, konstitutsiyaviy tuzumni bir hafta ichida tiklashni talab qilgandi. Talab rad etilgan taqdirda ular turli choralar, jumladan kuch ishlatish bilan tahdid qilgan.

ECOWAS ilgari ham bir nechta qurolli mojarolarga aralashgan edi. 1990-yillarda ular Syerra-Leone, Liberiya va Gvineya-Bisauda, ​​2002-yilda Kot-d’Ivuardagi davlat to‘ntarishi munosabati bilan boshlangan fuqarolar urushini hal qilishda o‘z qo‘shinlaridan foydalangan.

Niger harbiy xuntasi ECOWAS tahdidlari fonida Qurolli kuchlarda muhim kadrlar almashinuvini amalga oshirdi. Quruqlikdagi kuchlar va aviatsiyadagi muhim lavozimlarga ishonchli shaxslarni tayinladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »