Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Navoiy viloyatida noqonuniy yo‘l bilan kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda muqaddam sudlangan A.A. “B.B.” MCHJ rahbari Sh.D.ning ishonchiga kirib, unga tijorat banklaridan 1 milliard so‘m kredit olib berish evaziga 5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kredit mablag‘larining o‘zlashtirilishi

Fevral oxirlarida Surxondaryo viloyatining Oltinsoy va Termiz tumanlarida 11 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlangandi. May oyida esa Surxondaryo va Farg‘onada oilaviy korxonalar rahbarlari 1,2 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlarni talon-toroj qilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda davlat dasturi doirasida ajratilgan kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »