Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Iqtisodiy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik buyruqqa, daʼvo ishini yuritishga oid va alohida toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan sud qarorlarini qayta ko‘rishda viloyat sudlari hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Iqtisodiy protsessual kodeksiga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, sudning ajrimi ustidan shikoyat berish masalasida yangi institut – sud ishlarini taftish tartibida ko‘rib chiqish amaliyoti joriy etilmoqda. Yaʼni, qonun loyihasida tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish vakolati berilyapti.

Bu tartib amalga oshishi bilan odil sudlovga erishishning imkoniyatlari yanada kengayadi. Bunda birinchi instansiya sudining qaroridan norozi taraflar viloyat sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilib, ularning ham natijasidan qoniqmasa, ushbu ish mazkur sudlarda taftish tartibida ko‘rib chiqiladi.

Sud ishidan yana norozi bo‘lingan taqdirda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar Oliy sudning sudlov hayʼatida qayta ko‘rib chiqiladi.

“Endi yuqori instansiya sudlariga yanada katta masʼuliyat yuklanib, ishni yangidan ko‘rish uchun quyi sudlarga yuborish tartibining bekor qilinayotgani ham sud hujjatidan norozi shaxsning yuqori instansiyaga ishonchini mustahkamlaydi”, — deyiladi xabarda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan moddama-modda muhokama qilindi va uchinchi o‘qishda qabul qilingan.

Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »