Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bosh prokuratura huzuridagi departament Toshkent viloyatida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqladi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Ohangaron bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “F.Y.” XUJMSH va “O.K.” MCHJ masʼul shaxslari hududdagi 10 ta ko‘p qavatli uyga o‘rnatilgan lift hamda ko‘cha yoritish chiroqlarini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 908,6 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlagan.

Shu kabi, departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.E.” MCHJ masʼul shaxslari 22 ta ko‘p qavatli turarjoy binosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 472,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari

O‘zbekistonda iyun oyida 6,1 milliard so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangandi. Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Navoiydagi xususiy korxonada 195 dona mayning qurilmalar o‘rnatilib, 9,6 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani, O‘zbekistonda may oyida 20,6 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »