Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 3—5-avgust kunlari mamlakat mudofaa korxonalarini, jumladan, raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko‘zdan kechirdi, deb xabar berdi Koreya Markaziy axborot agentligi.

O‘ta yirik kalibrli snaryadlar ishlab chiqaradigan zavodga tashrifi chog‘ida Kim Chen In zavodda yaqinda amalga oshirilgan texnologiyalar va yig‘ish liniyalari modernizatsiyasi, shuningdek, joriy ishlab chiqarish jarayoni bilan shaxsan batafsil tanishdi, deb xabar berdi agentlik.

Foto: Reuters

Bundan tashqari, KXDR yetakchisi qanotli raketalar va dronlar uchun dvigatellar yig‘uvchi korxonaga tashrif buyurib, ushbu mahsulotlarning texnik xususiyatlarini yaxshilash va ishlab chiqarish hajmini oshirishga chaqirdi.

Shuningdek, Kim Chen In o‘qotar qurollar ishlab chiqaradigan zavodga tashrifi chog‘ida bu turdagi qurollarni modernizatsiya qilish hozirda eng muhim vazifa ekanini aytdi.

Avgust oyida Janubiy Koreya va AQSHning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari  bo‘lib o‘tishi kerak. Seul va Vashington bu mashg‘ulot mudofaa maqsadida ekanligini ta’kidlamoqda. Biroq Pxenyan bu manyovrlarni Shimoliy Koreyaga qarshi harbiy amaliyot uchun repetitsiya deb hisoblamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »