Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moskva meri Sergey Sobyanin 6-avgust kuni ertalab shaharga dron hujum qilishga uringanini ma’lum qildi. 

Foto: arxiv / “RIA Novosti”
“Bugun soat 11:00 lar atrofida dronning Moskvaga kirishga urinishi qayd etildi. U parvoz payti Havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilindi”, — degan Sobyanin o‘zining Telegram kanalida.

Rossiya Mudofaa vazirligi dronning yo‘q qilinganini tasdiqlagan. Vazirlik bayonotida “Ukraina Qurolli kuchlari dron yordamida Moskva viloyatidagi obyektlarga hujum qilmoqchi bo‘lgani” aytilgan.

“Dron Podolsk shahridagi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan. Qurbonlar va vayronalar yo‘q”, — deydi Mudofaa vazirligi.

Mazkur bayonotdan avvalroq Moskvaning Vnukovo aeroporti havo zonasi vaqtincha yopilgan va samolyotlarni qabul qilish va qo‘yib yuborishga cheklovlar o‘rnatilgan.

“Baza” onlayn nashri dron parchalari oqibatida 77 yoshli erkak qo‘lidan jarohat olganini xabar qilgan. Biroq boshqa manbalar buni hali tasdiqlamagan. 

Nashrning iddao qilishicha, dron parchalari Selxoztexnika qishlog‘idagi Sadovaya ko‘chasidagi bolalar maydonchasiga qulab tushgan. Gap Ukrainaning UJ-22 Airborne droni haqida ketayotgani aytilgan. Urib tushirilgan dron qoldiqlari aks etgan surat tarmoqlarda tarqalgan.

Moskvaga dronlar hujumi: vaziyat qanday?

1-avgustga o‘tar kechasi Moskvaga yana dronlar hujum qildi. Ulardan ikkitasi shaharga yaqinlashganida havo mudofaasi tomonidan urib tushirildi. Uchinchisi avvalgi hujumda shikastlangan “Moskva Siti” biznes markazidagi binoga kelib urildi.

Avvalgi hujum 30-iyulga o‘tar kechasi yuz bergandi. Jumladan, Moskvaga uchta dron uchirilgan, ikkitasi “Moskva Siti” biznes markazidagi binolarga kelib tushgan. Dronlarning yana biri Moskva viloyatining Odinsovo tumanida urib tushirilgani aytilgan.

Bundan tashqari, 24-iyul kuni ham dron hujumi bo‘lgandi. O‘shanda Moskvadagi noturar joy binolar zarar ko‘rgan. Ulardan biri Rossiya Mudofaa vazirligi yaqinida qulagan.

May oyi oxiri va iyul boshida esa dronlar Rossiya poytaxtiga yaqinlashganda urib tushirilgan. BMT so‘nggi dron hujumini qoralab, fuqarolik obyektlariga hujum qilmaslikka chaqirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »