Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya 2022-yilda Ukrainaga qarshi urushga jo‘natilgan desantchilarning kamida yarmini yo‘qotdi. Gap 15 mingga yaqin askar haqida ketmoqda. Bu haqda Britaniya Mudofaa vazirligi Twitter’da ma’lum qildi.

Britaniya razvedkasi 2-avgust kuni Rossiya Havo-desant kuchlari (VDV) kunini nishonlash paytida Rossiyaning urushdagi yirik yo‘qotishlari haqidagi ma’lumotlar ruxsatsiz oshkor qilinganligini eslatdi.

Rossiya Havo-desant qo‘shinlari bosh qo‘mondoni, general-polkovnik Mixail Teplinskiy murojaatida 8500 desantchi yaralanganini va keyinchalik xizmatga qaytganini, ular umuman frontni tark etishdan bosh tortganini aytdi.

Foto: AFP

Ushbu video tezda Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy kanallaridan olib tashlandi. Shu bilan birga, Teplinskiy Ukrainada qancha rossiyalik parashyutchi halok bo‘lganligi yoki og‘ir yaralangani haqida ma’lumot bermagan.

“Ammo Teplinskiy ma’lumotlarining ekstrapolyatsiyasi 2022-yilda Ukrainaga yuborilgan 30 ming desantchining kamida 50 foizi halok bo‘lgan yoki yaralangan degan taxminni tasdiqlaydi”, — dedi razvedka agentligi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »