Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya va Xitoy harbiy-dengiz kuchlari shu hafta Alyaska qirg‘oqlarida patrullik qildi. Bu AQSH qirg‘oqlariga kelgan eng yirik flot hisoblanadi. Bu haqda rasmiylar va ekspertlarga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

Illyustrativ foto: Getty Images

AQSH rasmiylariga ko‘ra, Rossiya va Xitoyning 11 ta kemasi Aleut orollariga yaqinlashgan. Kemalar AQSH hududiy suvlariga kirmagan va shundan so‘ng patrullik joyini tark etgan. Ularni to‘rtta AQSH esminetsi va P-8 Poseidon samolyotlari kuzatgan.

“Bu tarixdagi birinchi voqea. Ukrainadagi urush va Tayvan atrofidagi keskinlikni hisobga olsak, bu harakat juda provokatsiondir”, — deydi Heritage Foundation katta ilmiy xodimi, iste’fodagi dengiz floti kapitani Brent Sadler.

AQSH shimoliy qo‘mondonligi vakili Rossiya va Xitoy Alyaska yaqinida birgalikda dengiz patruli o‘tkazganini tasdiqladi, biroq kemalar soni va ularning aniq joylashuvini ochiqlamadi.

“Bizning qo‘mondonligimiz ostidagi havo va dengiz kuchlari AQSH va Kanada mudofaasini ta’minlash bo‘yicha operatsiyalar olib bordi. Rossiya va Xitoy patrulligi xalqaro suvlarda qoldi va bu tahdid sifatida baholanmadi”, — deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »