Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistonida 5-avgust kuni Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari boshlandi. Uchrashuvning birinchi kuni Ukraina uchun tinchlik formulasining asosi nima bo‘lishi kerakligi haqidagi kelishuv bilan yakunlandi. Bu haqda Yevropa Ittifoqidagi manbalariga tayanib, Corriere della Sera xabar berdi.

Foto: Euronews

Muzokara ishtirokchilari Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qilish, BMT nizomi tinchlik shartnomasining asosi bo‘lishiga rozi bo‘lgan. Muzokaralar davomida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy taqdim etgan tinchlik formulasining 10 bandi asosida ishchi guruhlarni tuzishga qaror qilingan.

“Bundan tashqari, davlat rahbarlarining uchrashuvi vaqti muhokama qilinmoqda. U 2023-yil oxirigacha bo‘lib o‘tishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Jiddadagi tinchlik muzokaralari haqida nimalar ma’lum?

5-avgust kuni Saudiya Arabistonida Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Unda 40 ga yaqin davlatdan yuqori martabali amaldorlar ishtirok etmoqda.

Zelenskiy Jiddadagi yig‘ilishda turli qit’alardan va global turlicha siyosiy yondoshuvga ega 42 davlat vakillari ishtirok etishini aytdi:

“Ammo barchani xalqaro huquq ustuvorligi birlashtiradi. Shuning uchun Ukraina tinchlik formulasini taklif qildi. Chunki qoidalarga asoslangan va Rossiya agressiyasi tomonidan buzilgan xalqaro tartibni tiklash kerak”, — degan u.

Rossiyaning pozitsiyasi

Rossiya tomoni Jiddaga taklif qilinmagan, Kreml 31-iyul kuni “Rossiya bu uchrashuvni kuzatishini” maʼlum qildi. O‘shanda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov “muzokara ishtirokchilari o‘z oldiga qanday maqsad qo‘ygani va nima haqida gaplashmoqchi ekanini to‘liq tushunish kerak”ligini bildirdi.

TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova 2-avgust kuni Rossiya Jiddadagi uchrashuvni “Rossiyaga qarshi koalitsiya tuzish”ga urinish sifatida baholashini aytdi.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev 6-avgust kuni “urushni tugatish istagini qoralash qiyin”, deb ta’kidladi.

U tarixiy kontekst va hozirgi voqelikni inobatga olish kerakligini aytdi. Medvedev konfliktning har ikki tomonining ishtiroki kabi shartlar bajarilsagina, tinchlik takliflari muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »