Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” G‘azni shahrida go‘zallik saloniga borgan kelin, uning qarindoshlari va salon egasini kaltakladi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Illyustrativ foto: AP Photo

Ma’lum qilinishicha, “Tolibon” kuchlari G‘aznida faoliyat yuritayotgan ayollar go‘zallik saloniga bostirib kirgan. Kamida besh nafar ayol, jumladan kelin va salon egasini kaltaklagan. Bunga ularning go‘zallik salonlarini yopish buyrug‘iga amal qilmagani sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, “Tolibon” Jalolobod shahridagi to‘y mehmonxonasiga hujum qilib, u yerdagi musiqa asboblarini sindirgan. Musiqa yana yangrasa, mehmonxona yopilishi haqida ogohlantirilgan. Hozircha Nangarhor va G‘aznidagi mahalliy “Tolibon” rasmiylari bu voqealar haqida hech narsa demagan.

Afg‘onistonda ayollar go‘zallik salonlarining yopilishi mamlakat fuqarolari va inson huquqlari tashkilotlarining keskin munosabatiga sabab bo‘lgan.

BMTning Afg‘onistondagi missiyasi bunday siyosat mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazishi va “Tolibon”ning ayollar mehnatini qo‘llab-quvvatlash haqidagi da‘volariga zid ekanini aytgan.

Afg‘onistonda ayollarga nisbatan joriy qilingan taqiqlar

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »