Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevga tegishli ekani aytilayotgan Universe yaxtasi Istanbulda aniqlandi. Rossiyalik jurnalist Gleb Pyanix tomonidan suratga olingan videoda mazkur yaxtani ko‘rish mumkin.

Foto: Twitter

Pyanixga ko‘ra, kema Turkiya portiga Qrim ko‘prigiga zarbalar berilishi va Rossiyaning don bitimidan chiqishidan bir hafta oldin kirgan. Uning Turkiyaga zudlik bilan ko‘chirilishi Rossiya rasmiylari Sochi porti va Qora dengizni endi xavfsiz deb hisoblamasligini ko‘rsatishi mumkin.

“Aftidan, Medvedev nimanidir bilgan... Yaxta o‘tgan yili (2022-yil) kuzda Sochida qayd etilgan. Ukrainada urush boshlanishidan oldin u Italiyada bo‘lgan va urush boshlanishi bilan yaxta zudlik bilan avval Istanbulga ko‘chirilgan, so‘ngra Sochiga olib ketilgan”, — deb eslatdi Pyanix.

Qayd etilishicha, Istanbulda Universe faqat mahalliy aholiga ma’lum bo‘lgan ko‘rfazga bog‘langan. Yaxta rasman ofshor kompaniyada ro‘yxatdan o‘tgan. Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, u Rossiya sobiq energetika vaziri Igor Yusufovga tegishli. Avvalroq bu yaxtada Yusufovning o‘g‘li Medvedevning o‘g‘li Ilya bilan dam olgan.

75 metrli Universe yaxtasi 2018-yilda Niderlandiyada Damen Yachting tomonidan qurilgan va Kayman orollaridan Southerner Ltd ofshor kompaniyasida ro‘yxatdan o‘tgan.

Kompaniyaning haqiqiy egasi noma’lum. Kemaning narxi kamida 100 million dollarga baholanmoqda. U bir vaqtning o‘zida oltita kabinada 12 kishini sig‘dira oladi. Shuningdek, 19 nafar xizmat ko‘rsatuvchi xodim uchun xonalar ajratilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »