Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Saudiya Arabistoni bilan iqtisodiy va biznes aloqalarini — mamlakatlar bir-birini rasman tan oladimi yoki yo‘qmi, bundan qat’i nazar — mustahkamlash niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u Bloomberg agentligiga bergan intervyusida gapirdi.

Benyamin Netanyaxuning fikricha, agar Isroil va Saudiya Arabistonida “siyosiy istak” bo‘lsa, bu davlatlar munosabatlarni normallashtirishning “siyosiy yo‘li”ni topishi mumkin. Uning fikricha, Isroil va Saudiya Arabistoni hamkorligi “investorlar uchun ulkan iqtisodiy imkoniyatlarni paydo qiladi”.

Foto: Reuters

Isroil va Saudiya Arabistoni bir-biri bilan hamkorlikda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan loyihalar qatorida Netanyaxu Arabiston yarimoroli orqali Yevropaga o‘tuvchi “iqtisodiy yo‘lak”ni tilga oldi. Yo‘nalish energetika, transport va kommunikatsiya texnologiyalarini o‘z ichiga oladi.

2022-yil dekabr oyida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Vazirlar Mahkamasining asosiy vazifalaridan biri Isroil va arab davlatlari o‘rtasidagi “tinchlik doirasini keskin kengaytirish” bo‘lishini aytdi. 2023-yil 10-mart kuni Eron va Saudiya Arabistoni ikki oy ichida diplomatik munosabatlarni tiklash va elchixonalarini qayta ochishga kelishib olgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »