Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nigerda davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatni qo‘lga kiritgan harbiy isyonchilar vaziyatga G‘arbiy Afrika davlatlarining harbiy aralashuvi ehtimoli tufayli mamlakat havo hududini yopdi. 6-avgust kuni kechqurun milliy televideniyeda harbiy xunta vakili Niger ustidan parvozlarni taqiqlash barcha samolyotlarga taalluqli ekani va “keyingi ogohlantirishgacha” amal qilishini aytdi.

Foto: Reuters

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday choraga qo‘shni davlatlardan borgan sari yaqqol kuzatilayotgan aralashish tahdidlari sabab bo‘lgan.

“Niger havo hududini buzishga qaratilgan har qanday urinish kuchli va tezkor javob oladi”, — deyiladi bayonotda.

6-avgust kuni ertalab minglab namoyishchilar Niger poytaxti Niameydagi stadionga yig‘ilib, hokimiyat tepasidagi harbiylarni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatgan.

G‘arbiy Afrika davlatlari Nigerga bostirib kirishga tayyorlanmoqda

Avvalroq G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyatiga (ECOWAS) a’zo davlatlar Qurolli kuchlari qo‘mondonlari isyonga javoban Nigerga ehtimoliy bostirib kirishga tayyorlanayotgani xabar qilingandi. Nigeriya poytaxti Abujada ittifoqchi davlatlar rahbarlarining uch kunlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda Nigeriya prezidenti Bola Tinubu mamlakat Senatini Nigerga qurolli bostirib kirish chorasini ma’qullashga chaqirgan.

Isyonchilarga ultimatum

ECOWAS davlatlari 30-iyul kuni Nigerdagi qo‘zg‘olonchilarga ultimatum qo‘yib, konstitutsiyaviy tuzumni bir hafta ichida tiklashni talab qilgan. Talab rad etilgan taqdirda ular turli choralar, jumladan kuch ishlatish bilan tahdid qilgan. 6-avgust kuni muddat tugadi, ammo talablar bajarilmadi.

Niger harbiy xuntasi ECOWAS tahdidlari fonida Qurolli kuchlarda muhim kadrlar almashinuvini amalga oshirdi. Quruqlikdagi kuchlar va aviatsiyadagi muhim lavozimlarga ishonchli shaxslarni tayinladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »