Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin avgust oyining oxirgi haftasida Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda manbalarga tayanib, Hurriyet gazetasi xabar berdi.

Foto: dailymoscow.ru

Tashrif davomida prezidentlar don kelishuvini tiklash, ikki tomonlama aloqalar, Turkiya, Ozarbayjon va Armaniston munosabatlari, shuningdek, Turkiya va Suriya o‘rtasidagi aloqani normallashtirish masalalarini muhokama qiladi.

Putin va Erdo‘g‘on suhbati

2-avgust kuni Turkiya va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qilib, bo‘lajak uchrashuv bo‘yicha kelishib oldi. 

Keyinroq Erdo‘g‘on Putinning Turkiyaga tashrif buyurishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrifning aniq sanasi hozircha belgilanmagan va diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi.

Iyul oyi oxirida OAV Putin Erdo‘g‘on bilan g‘alla kelishuviga qaytishi imkoniyatlarini muhokama qilishdan bosh tortganini xabar qildi. Rossiya prezidenti qo‘ng‘iroqlarga javob bermasligi noodatiy holat ekani ta’kidlandi.

Bu orada turk rasmiylari Kreml bilan boshqa aloqa kanallari orqali muammoga yechim izlashga intildi.

Rossiya va Turkiya rahbarlari oxirgi marta yoz boshida telefon orqali gaplashgan: 

7-iyun kuni ular ikki tomonlama munosabatlar va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilgan, 24-iyun kuni esa Turkiya tomonining iltimosiga binoan Putin “Vagner” bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritgan. Rossiyaning don shartnomasini uzaytirmaslik haqidagi qaroridan keyin prezidentlar muloqot qilmadi, kelishuv 17-iyul kuni bekor qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »