Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afrika davlatlari prezident Muhammad Bazum hokimiyatini tiklash uchun Nigerga 25 ming nafar harbiy yubormoqchi. Bu haqda RFI xabar berdi.

Foto: Military Africa

Ma’lum qilinishicha, Nigeriya mazkur harbiy kontingentning yarmini berishga tayyor, qolganini Kot-d’Ivuar, Senegal va Benin beradi. Nigeriya harbiylari bu kuchlarga boshchilik qiladi.

G‘arbiy Afrika davlatlarining iqtisodiy hamjamiyati (ECOWAS) konfliktni kuch ishlatish bilan hal qilish ssenariysini ekstremal variant sifatida ko‘rmoqda. 8-avgust kuni BMT, Afrika Ittifoqi va ECOWAS delegatsiyalari Nigerga kelishi kerak edi, biroq isyonchilar ularning mamlakatga kirishiga ruxsat bermadi.

Avvalroq AQSH davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland Nigerga tashrif buyurgandi. U “qiyin” muzokaralardan so‘ng Nigerdagi harbiylar hokimiyatni tiklashdan manfaatdor emasligini aytdi. Biroq u isyonchilar “diplomatiya uchun eshikni ochiq tutishiga” umid bildirdi.

Nigerda harbiy to‘ntarish

Nigerda 26-iyul kuni harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi. Prezident gvardiyasi davlat rahbari Muhammad Bazumni hokimiyatdan chetlatdi. Ikki kundan so‘ng prezident gvardiyasi boshlig‘i general Abdurahmon Tchiani o‘zini yangi davlat rahbari deb e’lon qildi.

ECOWAS mamlakatlari Nigerga harbiylarni kiritishga tayyorligini e’lon qildi. Bunga javoban davlat to‘ntarishlari natijasida hokimiyatga kelgan harbiylar tomonidan boshqariladigan Mali va Burkina-Faso “Niger ishlariga har qanday harbiy aralashuv ularga qarshi urush eʼlon qilish bilan barobar bo‘lishini” bildirdi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »