Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi ishchi guruhining Ispaniya paxta urug‘chiligi sohasida ilg‘or tadqiqot institutlari va kompaniyalari tajribasini o‘rganish hamda ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 1—4-avgust kunlari shu davlatga tashrif buyurdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tashrif doirasida innovatsion urug‘chilik bo‘yicha Ispaniyaning ilg‘or kompaniyalari hisoblanadigan Eurosemillas, Dafisa, Valenzuela y Cia rahbarlari bilan uchrashilgan. Uchrashuv chog‘ida ispan kompaniyalari tomonidan yaratilgan anomal yuqori haroratlarga va suvsizlikka chidamli bo‘lgan paxta navlari ekinlari bilan tanishilgan.

Xorij tomoni bilan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Genomika va bilinformatika markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston iqlimiga eng to‘g‘ri keladigan va yuqori hosildor bo‘lgan paxta navlarini sinovlarini o‘tkazish, ular asosida mahalliy navlar bilan gibrid navlarini yaratish hamda Qishloq xo‘jaligi ekinlari va urug‘shunoslik markazi bilan hamkorlikda paxta urug‘chilik stansiyasini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishilgan.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, atrof-muhit, konchilik va sog‘liqni saqlash sohalarida laboratoriya xizmatlarini ko‘rsatuvchi Ispaniyaning yetakchi kompaniyalaridan biri AGQ Labs International bilan uchrashilgan. Kompaniyaning eng so‘nggi zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan imkoniyatlari va patentlangan analiz usullari bilan yaqindan tanishilgan.

Olib borilgan muzokaralar natijasida xorij tomoni bilan O‘zbekistonda paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda qo‘shma laboratoriya markazini tashkil etish masalasini ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 10-mart kuni Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga e’lon qilingan global boykotni bekor qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »