Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina harbiylari so‘nggi bir hafta davomida Rossiya armiyasining barcha hujumlarini ushlab turdi va ularning oldinga siljishiga imkon bermadi. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: Facebook

Malyarning aytishicha, Baxmut, Kupyansk va Liman yo‘nalishlarida shiddatli janglar davom etmoqda. Ruslar yo‘qotilgan pozitsiyalarini qaytarish uchun Baxmut shimolida doimiy hujumlar uyushtirmoqda, ammo Ukraina harbiylari ularni muvaffaqiyatli qaytardi.

Qayd etilishicha, janubda ukrainalik himoyachilar asta-sekinlik bilan oldinga siljiyapti, u yerda minalar va o‘t ochishlar ko‘pligi bois jarayon ancha og‘ir kechmoqda.

“Mana bir necha haftadirki, o‘qqa tutishlar soni sezilarli o‘sganini qayd etyapmiz. Raqamlarni keltiraman: agar o‘tgan hafta dushanba kuni bir haftada 8 000 martaga yaqin o‘qqa tutish kuzatilganini aytgan bo‘lsam, bu dushanbagacha 9 000 martaga yaqin o‘q uzildi” — dedi Malyar.

U Rossiya tomoni Ukraina Qurolli kuchlarini keng ko‘lamda o‘qqa tutish bilan to‘xtatishga urinayotganini ta’kidladi.

“Bizning asosiy natijamiz — dushman oldinga siljimagani. Menimcha, bu hamma narsadan muhimroq natija”, — deya qo‘shimcha qildi Malyar.

O‘tgan hafta davomida Ukraina harbiylari Kupyansk, Liman, Avdeyevskiy yo‘nalishlarida Rossiya kuchlari hujumini qaytargan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »