Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden boshqa davlatlar vakillariga ukrainalik uchuvchilarni Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘rgatishga ruxsat berdi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx matbuot brifingida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
“Prezident mashg‘ulotlarga ruxsat berish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun yashil chiroq yoqdi”, — dedi AQSH Mudofaa vazirligi matbuot kotibi.

U qo‘shimcha ma’lumot bermadi, lekin Daniya va Niderlandiya ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashda “yetakchi rol o‘ynashini” ta’kidladi.

2023-yil boshidan beri Ukraina hukumati G‘arb davlatlaridan Ukrainaga zamonaviy qiruvchilar, jumladan, Amerikaning F-16 samolyotlarini yetkazib berishni faol so‘ramoqda. Iyul oyida AQSH Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Ukraina bunday samolyotlarni yil oxirigacha olishi mumkinligini aytgandi.

Avval Politico Daniya va Niderlandiya boshchiligidagi 11 davlatdan iborat koalitsiya ukrainalik uchuvchilarga F-16 da uchishni o‘rgatishga tayyorligini, biroq AQSHning rasmiy ruxsatisiz buni amalga oshira olmasligini xabar qildi.

F-16 qiruvchi samolyotlari Ukraina armiyasiga frontda tezkor muvaffaqiyatga erishishga yordam bermaydi, demoqda harbiy ekspertlar The Economist maqolasida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »