Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nigerda davlat to‘ntarishi uyushtirgan harbiylar G‘arbiy Afrika mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyati (ECOWAS), BMT va Afrika Ittifoqi delegatsiyalarini mamlakatga kiritmadi. Bu haqda hamjamiyat veb-saytidagi xabarda aytiladi.

Foto: AP Photo
“Kechqurun Niger harbiy ma’muriyatidan ular uch tomonlama delegatsiyani qabul qilishga tayyor emasligi haqidagi xabar olinganidan keyin missiya to‘xtatildi”, — deyiladi ECOWAS bayonotida.

Shu bilan birga, tashkilot mamlakatda konstitutsiyaviy tuzumni tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirish niyatida.

Avvalroq AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland Nigerga safar qilgandi. Nuland xuntani, agar mamlakatda qonuniy hukumat tiklanmasa, AQSH Nigerga har qanday yordamni to‘xtatishi haqida ogohlantirgan. U isyonchilarga konstitutsiyaviy tuzumni tiklashda Amerikaning yordamini ham taklif qilgan.

Harbiylar Nulandga hibsdagi Niger prezidenti Muhammad Bazum bilan uchrashishga ruxsat bermagan.

Nigerdagi harbiy isyon va ECOWAS qo‘ygan ultimatum

Nigerda harbiy to‘ntarish 26-iyul kuni sodir bo‘ldi. O‘shanda xunta vakillari respublika prezidenti Muhammad Bazumni hokimiyatdan chetlatganini ma’lum qildi. Ikki kundan so‘ng prezident gvardiyasi boshlig‘i general Abdurahmon Chiani o‘zini yangi davlat rahbari deb e’lon qildi.

ECOWAS davlatlari Nigerdagi harbiylarga ultimatum qo‘yib, mamlakatdagi qonuniy hokimiyatni joyiga qaytarish uchun bir hafta vaqt berdi. Muddat 6-avgustda tugadi, biroq ittifoq aʼzolari ogohlantirgan chora ko‘rilmadi — Nigerga bostirib kirilmadi. The Wall Street Journal gazetasi ECOWAS davlatlaridan birining yuqori martabali harbiy zobitiga tayanib, mintaqa qurolli kuchlari hali aralashuvga tayyor emasligi va tayyorgarlik uchun ko‘proq vaqt kerakligini yozdi.

ECOWAS — G‘arbiy Afrikadagi 15 ta davlatning mintaqaviy ittifoqi. Unga Benin, Gambiya, Gana, Gvineya-Bisau, Kot-d’Ivuar, Kabo-Verde, Liberiya, Niger, Nigeriya, Senegal, Syerra-Leone, Togo, Burkina-Faso, Gvineya va Mali kiradi (oxirgi uchta mamlakatning ittifoqqa a’zoligi harbiy to‘ntarishlardan keyin to‘xtatib qo‘yilgan).

Niger harbiy xuntasi ECOWAS tahdidlari fonida Qurolli kuchlarda muhim kadrlar almashinuvini amalga oshirdi. Quruqlikdagi kuchlar va aviatsiyadagi muhim lavozimlarga ishonchli shaxslarni tayinladi. Ular ehtimoliy bosqinga tayyorlanish uchun poytaxt Niameyga ko‘chib o‘tdi, Niger osmonini yopdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »