Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nigerda hokimiyatni qo‘lga olgan isyonchilar fransuz harbiylari milliy gvardiyaga hujum qilib, Niger havo hududini buzganini aytdi. Bu haqda isyonchilar bayonotiga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.

Foto: AFP

Chad poytaxtidan havoga ko‘tarilgan Fransiya samolyoti havo hududi yopilganiga qaramay, Niger uzra parvoz qilgan. Tillaberi oltin koni hududida prezident gvardiyasi jangchilariga hujum uyushtirilgani aytilmoqda. Qurbonlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, isyonchilar tomonidan tuzilgan “Vatan mudofaasi milliy kengashi” voqea munosabati bilan tahdid darajasini oshirishni buyurgani ta’kidlanadi. Fransiyaning BFM TV telekanali ham Niger Fransiyani havo hududini buzishda va “terrorchilarni ozod qilishda” ayblagani haqida xabar berdi.

Nigerda harbiy to‘ntarish

Nigerda 26-iyul kuni harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi. Prezident gvardiyasi davlat rahbari Muhammad Bazumni hokimiyatdan chetlatdi. Ikki kundan so‘ng prezident gvardiyasi boshlig‘i general Abdurahmon Tchiani o‘zini yangi davlat rahbari deb e’lon qildi.

ECOWAS mamlakatlari Nigerga harbiylarni kiritishga tayyorligini e’lon qildi. Bunga javoban davlat to‘ntarishlari natijasida hokimiyatga kelgan harbiylar tomonidan boshqariladigan Mali va Burkina-Faso “Niger ishlariga har qanday harbiy aralashuv ularga qarshi urush eʼlon qilish bilan barobar bo‘lishini” bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »