Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning eksklyuziv avtomobili 222 million tengega (taxminan 497 ming dollar) sotuvga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. Nur.kz nashri mashinaning bahosi arzonlashganini ma’lum qildi.

Kollaj: Ulymedia

Sotuvchi 1993-yilda Germaniyada buyurtma asosida ishlab chiqarilgan Mercedes 600 SEL (Sonderschutz) GUARD B7 uchun 220 million tenge (taxminan 493 dollar) so‘ramoqda.

“Uning kuzovi zirhli kapsulalar bilan mustahkamlanmagan. Mashina Kalashnikov avtomati va snayper o‘qlariga bardosh bera oladi. Zirhli kapsula to‘g‘ridan to‘g‘ri 4 kilogramm trotil ekvivalenti bo‘lgan portlovchi qurilma portlashidan himoyalaydi. Bundan tashqari, yong‘inni o‘chirish tizimi mavjud”, — deyiladi sotuv e’lonida.
Foto: Kolesa.kz

Shuningdek, salon shovqindan xoli ekani, mashina shinalari o‘qqa tutilsa ham, ta’qibdan qocha olishi aytilgan.

Xuddi shunday Mercedes S600 Guard Gruziyaning sobiq prezidenti Eduard Shevardnadzening hayotini saqlab qolgan edi. Uning mashinasiga granata va og‘ir pulemyotlar bilan hujum qilingan, biroq siyosatchi jabrlanmagan.
Foto: Kolesa.kz

Sotuvchiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ham xuddi shunday mashinasi 1,3 million yevroga sotilgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »