Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhurlar ekranda mehribon va muloyim qahramonlarni gavdalantirsa-da, ularning ba’zilari hayotda buning butunlay aksi bo‘lishi mumkin.

Stiven Sigal hamkasblarini haqorat qilgan

Foto: Wikimedia Commons

Stiven Sigal kinodagi faoliyatini 1982-yilda jang san’ati bo‘yicha mutaxassis sifatida boshlagan. 1988-yilda aktyorga dunyo miqyosida shuhrat keltirgan “Qonun ustida” filmi ekranlarga chiqadi. Ushbu kartinaning keyingi qismlari bunday muvaffaqiyatga erisha olmaydi, ammo ular Stiven Sigalning kuchli qahramonlarni o‘ynaydigan shaxs sifatidagi maqomini mustahkamlab beradi. Keyinchalik aktyor “Vatanparvar”, “Chet ellik”, “Machete” kabi filmlarda suratga tushadi.

Ammo Sigal filmlarda yaxshi qahramon rolini o‘ynasa-da, uning suratga olish maydonchasidagi xatti-harakatlarini namunali deb bo‘lmaydi. Hamkasblari aktyor sheriklarini haqorat qilishi va ba’zida jismoniy kuch ishlatishi mumkinligidan shikoyat qiladi.

Kristian Beyl operatorni so‘kkan

Foto: Wikimedia Commons

Kristian Beyl o‘z faoliyatini juda erta boshlagan — 10 yoshida u “Anastasiya: Annaning siri” telefilmidagi birinchi rolini o‘ynaydi. Keyinchalik Stiven Spilberg uni payqab qoladi va “Quyosh imperiyasi” filmida suratga tushishga taklif qiladi. Shundan so‘ng Beyl ko‘plab rollarni ijro etadi, doimiy ravishda turli xil personajlarni o‘ynaydi: “Amerikalik psixopat va “Mashinist” filmlarida aqli zaif odamlardan tortib Kristofer Nolan kartinalaridagi Betmen va illyuzionistgacha.

Beyl 2009-yilda “Terminator: najotkorning kelishi” filmidagi xatti-harakati uchun bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Aktyor operatorni baland ovozda so‘kadi, uni ishdan bo‘shatishni talab qiladi, suratga tushishdan bosh tortish bilan tahdid qiladi. Ammo keyinchalik aktyorning omma oldida kechirim so‘rashiga va film ustida ishlashni davom ettirishiga to‘g‘ri keladi.

Edvard Norton Marvel’ni xafa qilgan

Foto: Wikimedia Commons

Edvard Norton 1996-yilda kinoda debyut qiladi va bir necha yil o‘tib katta yulduzga aylanadi — bularning barchasi “Jangchilar klubi”, “Amerika tarixi X” filmlari tufayli. Tanqidchilar har doim uning ifodali va muvozanatsiz personajlarni o‘ynash qobiliyatini qayd etishgan.

Ekrandagi va real hayotdagi obrazlar ba’zan birlashadi. Faoliyatining boshida ham u suratga olish maydonchasidagi ekstravagant xatti-harakatlari bilan mashhur edi. “G‘aroyib Xalk”dan keyin Norton hammaning hafsalasini pir qiladi — shu sababli aktyor endi Marvel filmlariga chaqirilmaydi. U doimiy ravishda ssenariy mualliflari va rejissorlarning ishiga aralashib, butun jamoaga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladi. 2014-yilda Norton “Byordmen” filmida rol o‘ynaydi, mazkur filmda aynan o‘zini o‘ynagan — biroz asabiy, ammo iste’dodli aktyor.

Marlon Brandoga chidab bo‘lmas edi

Foto: Wikimedia Commons

Marlon Brando bir nechta ajoyib filmlarda rol o‘ynagan, har safar bir-biridan butunlay boshqacha personajlarni ijro etgan. 48 yoshida u “Cho‘qintirgan ota”da Vito Korleone rolini o‘ynaydi, garchi qahramon ancha yoshi katta bo‘lsa ham o‘sha yili Bernardo Bertoluchchining eng kuchli dramalaridan biri bo‘lgan “Parijdagi so‘nggi tango”da ishtirok etadi. Har qanday rejissor ajoyib aktyor bilan ishlashni xohlaydi, lekin ular aktyorning o‘ziga xos fe’l-atvoriga chidashlari kerak edi.

Frensis Ford Koppolaning “Hozirgi apokalipsis” filmida suratga tushishga rozi bo‘lgan Marlon Brando ishga tayyorgarlikni e’tiborsiz qoldiradi. Aktyor sabab suratga olish ishlari kechikadi, kamiga u semirgan ham edi. Natijada Koppola aktyor ozg‘in ko‘rinishi uchun kadrlarni qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi: uning qahramonida ortiqcha vazn bo‘lishi mumkin emasdi. Brando aktyorlik faoliyatini to‘xtatgach ham rejissorlarning qulog‘i tinchimaydi: aktyor ularga qo‘ng‘iroq qilib, maslahat va g‘oyalar bilan bezovta qiladi.

Mayk Mayers juda ko‘p e’tibor talab qilgan

Foto: Wikimedia Commons

Mayers avvaliga komik sifatida ish boshlaydi, keyinchalik aktyor bo‘ladi. Karyerasining cho‘qqisi “Ostin Pauers” trilogiyasidagi bosh roldir. Komediyalar aktyorning iste’dodini ochib beradi va uni super yulduzga aylantiradi.

Kulgili qahramonlarni gavdalantirgan bo‘lsa-da, Mayers bilan ishlash hamkasblarining joniga tekkandi. Ularning ta’kidlashicha, aktyor suratga olish maydonchasida o‘zini juda g‘alati tutgan. U hech kim bilan tinchgina gaplasha olmasdi, shuningdek, o‘ziga haddan ortiq e’tibor talab qiladi. Shuningdek, aktyor doimiy ravishda suratga olish jarayoniga aralashadi, shu jumladan o‘ziga yoqmagan xodimni ishdan bo‘shatishni talab ham qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »