Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

San’atkorga film yoki serialda rol taklif qilishsa, ular odatda yaxshilab o‘ylab ko‘rib, shundan keyingina javob beradi. Ammo shunday bo‘ladiki, taqdirning o‘zi belgi beradi: bu rolni faqat sen o‘ynashing kerak. Ma’lum bo‘lishicha, bunday holat aktyorlar va aktrisalar bilan tez-tez sodir bo‘ladi. 

Rayan Gosling — Ken (“Barbi”)

Foto: Getty Images

Ikki nafar qizaloqning otasi Gosling intervyularining birida qayg‘uli kuzatishlari bilan o‘rtoqlashgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar hech qachon Ken bilan o‘ynashmaydi. Ken har doim diqqat markazda bo‘lgan Barbie aksessuari bo‘lib qoladi. Keyinchalik sodir bo‘lgan voqea u Kenni o‘ynashi kerakligining belgisi bo‘ldi.

Foto: Getty Images

“Ssenariyni o‘qib chiqib, tashqariga chiqdim. Oyog‘im ostida Ken loyga botgan holda yotardi”. Shundan so‘ng Rayan Barbi rejissori Greta Gervigga Ken rolini o‘ynashga roziligini yozgan.

Enn Xeteuey — Endi Saks (“Qattiqqo‘l xonim”)

Foto: Getty Images

Xeteueydan oldin Endi Saks roliga 8 nafar aktrisa ko‘rib chiqiladi. Navbat Ennga kelganida, Miranda Pristli rolini ijro etgan Meril Strip kasting jamoasiga qo‘shiladi. U Xeteuey ijro etgan boshqa filmdan kadr tomosha qiladi, aktrisa bilan uchrashadi va shundan so‘ng: “U ajoyib qiz ekan, ​​menimcha, biz birga yaxshi ishlay olamiz”, deydi. Keyinchalik Xeteueyning o‘zi tan olganidek, u baxtdan tinmay sakragan.

Tom Holland — O‘rgimchak odam

Foto: Getty Images

Tarmoq foydalanuvchilari Holland o‘smirlik chog‘ida debyut qilgan “Imkonsiz” filmi premyerasidan olingan videoni topishdi. Jurnalistlar undan superqahramonlardan qaysi birini o‘ynashni xohlashini so‘rashadi. Holland esa faqat o‘rgimchak odamni ajratib ko‘rsatadi.

4 yildan so‘ng aktyor birinchi marta ushbu obrazda “Birinchi qasoskor: Kapitan Amerika” filmida paydo bo‘ldi. Bir yil o‘tgach esa O‘rgimchak odam haqida alohida filmlar seriyasi boshlandi, unda ham Holland bosh rolni o‘ynaydi.

Mett Deymon — Lesli Grovs (“Oppengeymer”)

Foto: Getty Images

Oppengeymerni suratga olishdan biroz oldin Deymon va uning rafiqasi oilaviy terapiyadan o‘tayotgan edi. Va u xotiniga ijodiy tanaffusga chiqishiga va Kristofer Nolan uni filmiga taklif qilmasa, boshqa hech qaysi filmda rol o‘ynamaslikka va’da beradi. Ko‘p o‘tmay, rejissor haqiqatan ham kutilmaganda Deymonga qo‘ng‘iroq qiladi va uni yangi kartinadagi rolga taklif qiladi.

Jim Kerri — Trumen Berbank (“Trumen shousi”) va Joel Berish (“Toza aqlning abadiy quyoshi”)

Foto: Getty Images

“Niqob”, “Eys Ventura: Uy hayvonlari detektivi” va boshqa filmlardagi ajoyib ijrosidan so‘ng Kerriga komediyalarda rol o‘ynash takliflari yog‘ilib ketadi. Aktyor har doim o‘zi o‘ynaydigan filmlarni juda ehtiyotkorlik bilan tanlagan.

Ammo Kerri karyerasida faqat ikkita holatda ssenariyning bir necha sahifasini o‘qib chiqiboq darhol rolni qabul qilgan. Ikkala film ham — “Trumen shousi” va “Toza aqlning abadiy quyoshi” aktyorlik faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli va deyarli yagona drama bo‘ldi.

Richard Gir — Edvard Lyuis (“Sohibjamol”)

Foto: Getty Images

Gir, keyinchalik o‘zi ham tan olganidek, “Sohibjamol” filmida rol o‘ynashni unchalik istamagan. Juliya uni ko‘ndirishning antiqa yo‘lini o‘ylab topadi.

Yosh aktrisa Richard bilan uchrashganda film rejissori Garri Marshall aktyorga qo‘ng‘iroq qiladi. Juliya esa unga “Iltimos, ha deb ayt” deb yozilgan qog‘ozni ko‘rsatadi. Aktrisaning bu harakati uni shu qadar ta’sirlantiradiki, hech ikkilanmay rolga rozi bo‘ladi.

Kemeron Dias — Tina Karlayl (“Niqob”)

Foto: Getty Images

Kasting direktori uzoq vaqt davomida Tina roli uchun qiz qidiradi. Oxir-oqibat u yordam so‘rab, model agentligi bo‘lgan do‘stiga murojaat qiladi. Do‘sti darhol unga o‘sha paytda model bo‘lib ishlagan Diasni tavsiya qiladi. Kasting direktoriga Kemeron yoqadi. Shunday qilib, Dias hayotidagi birinchi rolini oladi, bu rol uni mashhur qiladi.

Rayan Gosling — Noy rolida (“Xotira kundaligi”)

Foto: Getty Images

Taniqli aktyorlar birin-ketin “Xotira kundaligi”dagi roldan bosh tortishadi. Hech kim g‘ayritabiiy sevgidan boshqa narsaga qiziqmaydigan oddiy yigit rolini o‘ynashni xohlamaydi.

Rejissor Nik Kassavetis yosh Rayan Goslingni ko‘rganida filmiga shu aktyor kerakligini darhol tushunadi. U o‘z tanlovini Goslingning kelishgan va qo‘pol yigit emas, balki “biroz aqldan ozgan ko‘rinadigan” oddiy yigit ekanligi bilan oqlaydi. Natijada melodramadagi rol aktyorga mashhurlik keltiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »