Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

IIV YHXX Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida maʼlumot berdi.

Foto: IIV YHXX axborot xizmati

Qayd etilishicha, 8-avgust kuni soat 23:50 larda Yakkasaroy tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasi 1-uy qarshisida 21 yoshli Sh.G‘. Malibu-2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda — 74 yoshli M.H.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Piyodalar bilan bog‘liq YTHlar

Iyul oxirlarida Toshkentning Yakkasaroy tumanida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda avtobus urib yuborishidan vafot etgandi. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi yonidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. Damas avtomashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. YTH natijasida tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Iyun oyida bo‘lsa Toshkent viloyati Qibray tumanida mast haydovchi “VAZ-2106” (“Jiguli”) bilan uch nafar bolani urib yuborgan va jabrlanuvchilardan biri vafot etgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »