Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatidagi avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan onlayn fotoradarlar soni 2023-yil 103 taga ko‘payib, 231 ni tashkil qilmoqda. Bu haqda viloyat IIB boshlig‘i Shuhrat Sotvoldiyevning Xalq deputatlari viloyat kengashidagi nutqida maʼlum qilindi.

Shuhrat Sotvoldiyev.
Foto: Qashqadaryo viloyat IIB

Masʼulning izoh berishicha, bunga viloyatdagi yo‘l-transport hodisalarining asosiy qismi tezlikni oshirish natijasida sodir bo‘layotgani sabab bo‘lgan.

2022-yildagi 565 ta hodisaning 349 tasi yoki 62 foizi, 2023-yilning ayni kunigacha sodir bo‘lgan 214 ta hodisaning 127 tasi yoki 59,3 foizi tezlikni oshirish natijasida sodir etilgan. Shu sabab viloyatga 128 dona onlayn tizimida ishlovchi “Lochin-ko‘z” rusumli tezlikni o‘lchash fotoradar qurilmalari olib kelib o‘rnatilgan. 2023-yilda ham ushbu fotoradar qurilmalaridan 103 dona olib kelinib, hozirda onlayn fotoradar qurilmalari soni viloyatda 231 donaga yetkazilib, radarlar viloyat hududidagi “Avariya o‘choqlari”ga o‘rnatildi, — deyiladi viloyat IIB boshlig‘i maʼlumotlarida.

Qashqadaryoda shuningdek, “Atlas International Germaniya” kompaniyasi tomonidan ajratilgan tezlikni nazorat qiluvchi qurilmalari bilan jihozlangan (multiradar) 8 ta maxsus avtomobillar hamda 5 ta onlayn tizimida ishlovchi “AutoCon” tezlikni o‘lchash fotoradar qurilmalari bor.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB
Qolaversa, viloyatdagi YPX inspektorlari bir vaqtning o‘zida 360 gradus radiusda 11 ta qoidabuzarlikni aniqlovchi maxsus mayoqchali mobil komplekslardan foydalanib kelmoqda, — deydi masʼul.

Qo‘shimcha qilinishicha, viloyatda tadbirkorlik subyektlari tomonidan 35 ta chorrahada 93 ta kamera, yo‘llarda 54 ta radar moslamalarini o‘rnatish joylari auksionda sotilgan.

Qarshi shahridagi 6 ta chorrahada 24 ta kamera va 5 ta to‘g‘ri yo‘l uchastkasida 5 ta radar qurilmasi, Qarshi tumanidagi 1 ta chorrahada 4 ta kamera va 3 ta to‘g‘ri yo‘l uchastkasida 3 ta radar qurilmasi, Koson tumanidagi 4 ta to‘g‘ri yo‘l uchastkasida 4 ta radar qurilmasi, Qamashi tumanidagi 1 ta to‘g‘ri yo‘l uchastkasida 1 ta radar qurilmasi o‘rnatildi, — deydi Shuhrat Sotvoldiyev.

2023-yilning o‘tgan olti oyida yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan jami 151 ming 345 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, huquqbuzarlardan jami 68 milliard 494 million 707 ming so‘m maʼmuriy jarimalar undirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »