Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning NATOga qo‘shilishi “Rossiya uchun najot” bo‘lishini aytdi. Unga ko‘ra, Kiyevning alyansga kirishi Ukraina kelajakda Rossiyaga hujum qilmasligini kafolatlaydi.

Foto: Reuters

“NATO bor joyda urush bo‘lmaydi… Ukraina uchun NATO hujum missiyasi emas, biz hech qachon hech qayerga hujum qilmaganmiz. Biz kirib borayotgan hududlar — o‘zimizning hududlarimiz. Ularni qayta tiklayapmiz.

Agar Ukraina NATO tarkibiga kirsa, Rossiya minnatdor bo‘lishi kerak. Aynan shunday. Chunki Ukraina kelajakda ularning hududiga hech qachon kelmasligi Rossiya uchun xavfsizlikdir”, — dedi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, NATOga qo‘shilgan boshqa davlatlar Sovet Ittifoqining qayta tiklanishidan qo‘rqib shunday qilgan.

Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, alyans davlatlari, jumladan, Boltiqbo‘yi mamlakatlari urush tugagandan so‘ng Rossiya bilan chegaralarini himoya qilish uchun o‘z hududiga Ukraina qo‘shinlarini joylashtirishdan mamnun bo‘ladi.

Ukrainaning NATOga yo‘li

2022-yil 30-sentabrda Ukraina tezlashtirilgan tartibda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi. O‘shanda prezident Zelenskiy Ukraina allaqachon alyans standartlariga javob berishini isbotlaganini aytdi.

Ko‘plab davlatlar, jumladan Polsha Ukrainaning alyansga kirishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga alyans nizomiga ko‘ra, urush holatida bo‘lgan davlatlar NATOga kirishi mumkin emas.

2023-yilning 11–12-iyul kunlari Vilnyusda NATOning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning asosiy mavzularidan biri — imkon qadar tezroq NATOga a’zo bo‘lishni talab qilayotgan Ukrainaning alyansga kirish masalasi edi.

Sammit yakuniga ko‘ra, NATOga aʼzo davlatlar Ukrainaning alyansga kirish jarayonini soddalashtirishga kelishib oldi. G7 davlatlari esa Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi bayonotni qabul qildi, unga ko‘ra, mazkur davlatlar Kiyevga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishda davom etadi, shuningdek, razvedka maʼlumotlari almashinuvi jadal olib boriladi.

Sammitdan so‘ng Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevning alyansga taklif qilinishi umidi amalga oshmagan bo‘lsa-da, mamlakat uchrashuvdan “katta ijobiy natija” olganini aytdi.

Keyinroq Ukraina mudofaa vaziri Aleksiy Reznikov NATOning navbatdagi sammitiga qadar Rossiya—Ukraina urushi Kiyevning g‘alabasi bilan yakunlanishini, shundan so‘ng mamlakat alyansga taklif olishini prognoz qildi.

Reznikov Shimoliy Atlantika alyansining 2024-yil iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammiti yubiley bo‘lishini eslatib o‘tdi: o‘shanda NATO tashkil topganiga 75 yil to‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »