Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gavayi arxipelagidagi eng yirik orollardan biri, sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Maui orolini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, 36 kishi halok bo‘lgan. Deyarli butun arxipelagni o‘zi ichiga oladigan AQSHning Gavayi shtati vitse-gubernatori yong‘inlarni misli ko‘rilmagan deb atadi.

Foto: Reuters

Tabiiy yong‘inlarga jazirama havo va qurg‘oqchilik sabab bo‘lgan, olovning tez tarqalishiga orollardan yuzlab kilometr janubda Tinch okeani uzra ko‘tarilgan shiddatli “Dora” to‘foni shamollari yordam beryapti.

Foto: Reuters
Yerdagi iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelgan issiq ob-havo joriy yilning yozida AQSHning ko‘plab shtatlarida, shuningdek, Yevropa va Osiyoda ham kuzatildi.

Gavayidagi o‘rmon yong‘inlari Kaliforniya va boshqa Amerika shtatlarida ro‘y bergan yong‘inlarga qaraganda kichikroq bo‘lsa-da, mahalliy aholi ilgari hech qachon bunday ko‘lamdagi olovni ko‘rmaganini aytmoqda.

“Men drama qilmoqchi emasman, lekin Mauida hech qachon bunday hodisa sodir bo‘lmagan”, — dedi mahalliy syurfing maktabi rahbari AFP’ga. “Yong‘inlar juda ko‘p hududlarni qamrab olgani noodatiy hodisa, ular butun orolni o‘rab olgan”.
Foto: Reuters

Vayronagarchilikning katta qismi Laxayna mashhur turistik shahriga to‘g‘ri keldi. Yong‘in oqibatida u deyarli butunlay vayron bo‘ldi, faqat aksariyat binolarning vayronalari qoldi.

Foto: Reuters

Odamlar olovdan qochib, vahima ichida okean tomon yuguryapti. AQSH qirg‘oq xavfsizlik xizmati yong‘inlardan qutulish uchun o‘zini okeanga tashlagan 12 nafar mahalliy aholini olib chiqqanini ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Yong‘inlar tufayli minglab odamlar elektr va telefon aloqasidan mahrum bo‘lgan, ko‘pchilik evakuatsiya qilingan. Rasmiylarga ko‘ra, 4 000 ga yaqin odam turistik orolni tark etishga harakat qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »