Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDR armiyasi tayyorgarligini kuchaytirishni buyurdi. Bu haqda u Koreya Mehnat partiyasi markaziy harbiy komissiyasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Foto: EPA

Qayd etilishicha, harbiy qo‘mondonlikka armiyani “hujumga” tayyorlash buyrug‘i berilgan.

“O‘rtoq Kim Chen In Koreya yarimoroli va uning atrofidagi mavjud vaziyatni tahlil qildi hamda Koreya xalq armiyasining harbiy tayyorgarligini hujumkor tarzda yanada oshirish borasida muhim xulosaga keldi”, — deyiladi Koreya Markaziy telegraf agentligi xabarida.

Shimoliy Koreya yetakchisi barcha harbiy qismlarga eng so‘nggi qurollarni shay qilish va jangovar mashg‘ulotlar o‘tkazishni buyurgan. Kim Chen In “dushmanni tiyib turish” uchun kuchli armiyaga muhtojligini qo‘shimcha qilgan.

Yig‘ilishda, shuningdek, Qurolli kuchlar bosh shtabiga yangi boshliq tayinlangan: vitse-marshal Li Yon Gir ushbu lavozimni egallagan.

Kim Chen In 3—5-avgust kunlari mamlakat mudofaa korxonalarini, jumladan, raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko‘zdan kechirgandi. KXDR yetakchisi qanotli raketalar va dronlar uchun dvigatellar yig‘uvchi korxonaga tashrif buyurib, ushbu mahsulotlarning texnik xususiyatlarini yaxshilash va ishlab chiqarish hajmini oshirishni buyurgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »