Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari 10-avgustga o‘tar kechasi Moskva tomon uchayotgan ikkita hujumchi dronni urib tushirdi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.

Foto: “Kp.ru”

Merning so‘zlariga ko‘ra, dronlar biri Kaluga viloyatida, ikkinchisi Markaziy halqa yo‘li hududida urib tushirilgan. U boshqa tafsilotlarni keltirmadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi “Kiyev rejimining dronlar yordamida teraktlar uyushtirishga urinishi bostirilgani” haqida ma’lum qildi. Vazirlik xabarida ham Moskva yo‘nalishida uchayotgan ikkita dron yo‘q qilingani aytiladi.

Moskvaning Vnukovo va Domodedovo aeroportlarida 10-avgustga o‘tar kechasi samolyotlarni qabul qilish va uchirishga cheklovlar joriy etildi. “Vnukovo” matbuot xizmati “aeroportga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra” samolyotlar parvoziga cheklovlar joriy etilganini bildirdi. Domodedovo esa cheklovlar “parvoz xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha chora sifatida” kiritilganini ta’kidladi.

10-avgustga o‘tar kechasi Moskva viloyatidagi Domodedovo shahrida yong‘in va portlashlar qayd etilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi matbuot xizmati Konstantinovo qishlog‘ida avtoservis yonayotganini, yong‘in maydoni 1 000 kvadrat metrni tashkil etganini ma’lum qildi. Vazirlik yong‘in sabablarini keltirmadi. BBC rus xizmatiga ko‘ra, Domodedovo aeroporti yong‘in joyidan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Bundan tashqari, anneksiya qilingan Qrimdagi Sevastopol shahriga dronlar tomonidan hujum qilindi.

“Bugun tunda flotimiz havo hujumidan mudofaa kuchlari bilan hamkorlikda Sevastopolga yaqinlashayotgan dushman uchuvchisiz uchoqlarining hujumini qaytardi”, — deb yozadi shahar gubernatori Mixail Razvojaev Telegram’da.

Rossiya Mudofaa vazirligi bu safar ham hodisani “Kiyev rejimining terakt uyushtirishga urinishi” deb atadi.

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Sevastopol yaqinida ikkita dronga zarba bergan, yana to‘qqizta dron radioelektron kurash vositalari bilan bostirilgan. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular nishonga yetmay Qora dengizda qulagan.

“To‘xtatib qolingan terrorchilik hujumlari oqibatida qurbonlar va vayronalar yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi harbiylar.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi oxirgi marta 4-avgust kuni Qrimga uchuvchisiz uchar apparatlar hujumi haqida xabar bergandi. O‘shanda 13 ta dron urib tushirilgani aytildi. 30-iyul kuni vazirlik anneksiya qilingan yarim orolda Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan uchirilgan 25 ta samolyot tipidagi dronlarni urib tushirganini da’vo qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »