Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyatida yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.N.ning Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limiga qilgan murojaatiga asosan, tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida I.I. Uchqo‘rg‘on tuman hududidan tuman hokimining 2019-yildagi qarori bilan issiqxona tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratilgan 0,70 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonini 70 ming dollarga sotishga kelishib, kelishilgan puldan 10 ming dollarini ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Noqonuniy yer savdolari

Bir necha kun oldin Sirdaryoda besh gektar yer maydonini 40 ming AQSH dollariga sotishga uringan opa-uka qo‘lga olingan edi. Aprel boshlarida esa Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »