Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nigerda hokimiyatni egallagan isyonchilar AQSH davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nulandga agar boshqa davlatlar vaziyatga harbiy yo‘l bilan aralashsa, ag‘darilgan prezident Muhammad Bazumni o‘ldirishini aytdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Foto: Isyonchilar tomonidan tuzilgan “Vatanni himoya qilish” kengashining yetakchi arboblaridan biri Muhammad Tumba / Getty Images

Isyonchilar amerikalik diplomatning shu hafta Nigerga tashrifi chog‘ida unga tegishli ogohlantirishni yetkazdi. AQSH rasmiysi bu ma’lumotni tasdiqladi.

26-iyul kuni hokimiyatdan ag‘darilgan Bazum o‘z uyida garovga olingan. Isyonchilarning murojaati Afrika davlatlari Nigerga 25 ming nafar harbiy yubormoqchiligi va Fransiya harbiylari Bazumga qarshi bo‘lgan milliy gvardiyaga “hujum qilgani” fonida yangradi.

Nigeriya 25 ming nafar harbiy kontingentning yarmini berishga tayyor, qolganini Kot-d’Ivuar, Senegal va Benin beradi. Nigeriya harbiylari bu kuchlarga boshchilik qiladi.

G‘arbiy Afrika davlatlarining iqtisodiy hamjamiyati (ECOWAS) konfliktni kuch ishlatish bilan hal qilish ssenariysini ekstremal variant sifatida ko‘rmoqda. 

Nigerda harbiy to‘ntarish

Nigerda 26-iyul kuni harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi. Prezident gvardiyasi davlat rahbari Muhammad Bazumni hokimiyatdan chetlatdi. Ikki kundan so‘ng prezident gvardiyasi boshlig‘i general Abdurahmon Tchiani o‘zini yangi davlat rahbari deb e’lon qildi.

ECOWAS mamlakatlari Nigerga harbiylarni kiritishga tayyorligini e’lon qildi. Bunga javoban davlat to‘ntarishlari natijasida hokimiyatga kelgan harbiylar tomonidan boshqariladigan Mali va Burkina-Faso “Niger ishlariga har qanday harbiy aralashuv ularga qarshi urush eʼlon qilish bilan barobar bo‘lishini” bildirdi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »