Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Norvegiya janubida kuchli yomg‘irdan keyin suv omborlaridagi suv sathi tez ko‘tarildi, ko‘chki va suv toshqini xavfi tufayli uch mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Foto: East news

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, kuchli yomg‘ir Norvegiya sharqida, mamlakatning eng yirik suv yo‘li bo‘lmish Glomma daryosida joylashgan Braskereydfoss elektrostansiyasi to‘g‘onini vayron qilgan.

Daryo suvi o‘zanidan toshishi tufayli Norvegiya janubining katta qismida asosiy yo‘llar yopilgan va temiryo‘l harakati to‘xtatilgan.

Hukumat yangi toshqinlarni kutmoqda.

“Keyingi ikki yoki uch kun juda muhim, biz kechayu kunduz safarbarlikda bo‘lamiz”, — dedi Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Stere.

Toshqin joyidan olingan kadrlarda uylarni suv olib ketganini ko‘rish mumkin.

Bungacha Skandinaviya va Boltiqbo‘yi davlatlarida bir necha kun davom etgan “Gans” to‘foni daryolarning toshqiniga sabab bo‘lgandi: yo‘llarga zarar yetgan, daraxtlar qulashi oqibatida odamlar jarohatlangan. Noqulay ob-havo tufayli minglab odamlar elektr energiyasisiz qolgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »