Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tanga va marka yig‘ish singari odatiy buyumlarni kolleksiya qilish quyidagi yulduzlar uchun xos emas. Mazkur shou-biznes vakillarini hasharotlar, o‘yinchoqlar va g‘aroyib buyumlar qiziqtiradi.

Dastin Xoffman

Foto: Kollaj “Daryo”

Aktyor o‘yinchoq ayiqchalarni, xususan, Teddi ayiqlarini kolleksiya qilishni yaxshi ko‘radi. Ma’lumot uchun ayiqlarni Teddi nomini olishi Teodor Ruzvelt bilan bog‘liq bo‘lib, u ovga chiqqanida ayiqni ota olmagani uchun Teddi nomi berilgan. Xoffmanning kolleksiya uchun alohida xonasi bor bo‘lib, u yerda mingdan ortiq ayiqlarni uchratish mumkin.

Tom Xenks

Foto: Kollaj “Daryo”

“Forrest Gamp”, “Yashil maskan” va boshqa bir qancha filmlarda qoyilmaqom ijrosi bilan muxlislar qalbidan joy olgan aktyor eski yozuv mashinalarini kolleksiya qiladi. Muxbirlarni jini suymaydigan Xenks intervyu berishga faqat bitta shart bilan — yozuv mashinasi kolleksiyasi haqida qiziqilsa, modellari haqida ma’lumot so‘ralsa va yangi yozuv mashinkasi tuhfa qilinsagina rozi bo‘ladi, degan mish-mishlar ham yo‘q emas. Bundan bir necha yil oldin Talking Dead ko‘rsatuvi boshlovchisi Kris Xardvik, 1934-yilda ishlab chiqarilgan Smith Corona yozuv mashinkasini yuborib, aktyorni dasturda ishtirok etishga taklif qilgan. Xenks esa tabiiyki ushbu sovg‘adan keyin yo‘q deya olmagan.

Demi Mur

Foto: Kollaj “Daryo”

Aktrisa turli qo‘g‘irchoqlarni kolleksiya qiladi. Buning sababini oddiygina tushuntiradi: uning bolaligi o‘yinchoqlarsiz, ota-ona mehr-muhabbatisiz o‘tgan.
Shuning uchun Demi “bo‘shliqlari”ni balog‘at yoshida to‘ldirishga qaror qiladi: bo‘sh vaqtlarida qo‘g‘irchoqlar bilan o‘ynaydi. Uning deyarli uyining yarmini egallagan qo‘g‘irchoqlar kolleksiyasi bor.

Jennifer Lopes

Foto: Kollaj “Daryo”

Jennifer Lopes misli ko‘rilmagan miqdorda turli rangdagi pariklar to‘plamini saqlaydi.

Nikolas Keyj

Foto: Kollaj “Daryo”

Kolleksiyasidagi “Supermen” haqidagi birinchi komiks o‘g‘irlanganda g‘azablangan Nikolas eng yaxshi detektivlarni yollaydi: qidiruv muvaffaqiyatsiz tugaydi, noyob asar topilmaydi. 11 yildan keyin komiks topiladi.

Aktyor uni tasodifan chodirdan topib oladi. Shamol uni qanday qilib bu yerga olib kelgan — hech kim bilmaydi. Ehtimol, kimdir Gollivud yulduzi bilan hazillashgandir, lekin hammasi yaxshi yakunlandi va noyob komikslar “aka-uka”larining ulkan kolleksiyasida odatiy birinchi o‘rnini egalladi.

Klaudiya Shiffer

Foto: Kollaj “Daryo”

Top-model Shifer hasharot, xususan, o‘rgimchaklarga qiziqishiga ishonish qiyin. Klaudiyada bu qiziqish bolaligida paydo bo‘lgan va u soatlab o‘rgimchak to‘r to‘qishini kuzatib o‘tirgan. Bugungi kunda Shiferning uyida o‘rgimchak shaklidagi turli-tuman taqinchoqlar va qotirilgan o‘rgimchaklar kolleksiyasini uchratish mumkin.

Jonni Depp

Foto: Kollaj “Daryo”                                                                                                

Jonni Deppning fikricha, hamma narsa shlyapa bilan bog‘liq va shuning uchun u juda ko‘p miqdordagi shlyapalar yig‘ib, ikkita xonaga joylashtirgan. Sobiq rafiqasi Vanessa Paradis bunday sevimli mashg‘ulotidan juda g‘azablangan. Bir marta aktyor uysiz odamdan katta pulga shlyapa sotib olgan.

Anjelina Joli

Foto: Kollaj “Daryo”

Aktrisa sovuq qurollar yig‘ishni yaxshi ko‘radi. Uning kolleksiyasida Renessans davri va o‘rta asrga oid xanjar va pichoqlarni uchratish mumkin. Joli bergan intervyularida, mazkur buyumlarni uyida, bolalari bilan ehtiyotsizliklar kelib chiqmasligi uchun qulflangan holda saqlashini ta’kidlagan.

Arnold Shvarsenegger

Foto: Kollaj “Daryo”

Bir vaqtlar u rossiyalik hamkasblari tomonidan berilgan SSSR birinchi shaxslarining byustlarini yig‘ishni juda yaxshi ko‘rardi — kolleksiyasini uyining hovlisida namoyish etishga qaror qilmaguncha, Arniga bu quvonch keltirgan bo‘lsa-da, xotini uning bu ishidan juda g‘azablanadi. Natijada aktyor qarori bilan kelishib olishga majbur bo‘ladi: u barcha nusxalarni olib tashlaydi, faqat Leninning byustini esdalik sifatida qoldiradi.

Jon Travolta

Foto: Kollaj “Daryo”

Bolaligidan samolyot modellari uning sevimli o‘yinchoqlari bo‘lgan. Jon uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan. Hatto kursant sifatida kazarmada ham yashagan. Ammo bugungi kunda Jon Gollivuddagi eng katta haqiqiy samolyotlar kolleksiyasiga ega. Yulduz shaxsiy samolyotida uchganda, har doim kazarmada pollarni tozalashga majbur qilgan yovuz kapralni eslaydi.

Elton Jon

Foto: Kollaj “Daryo”                                                                                                   

Barcha muxlislari va do‘stlari Eltonning sevimli mashg‘uloti haqida bilishadi: u ko‘zoynaklar to‘playdi. Xonandaning kolleksiyasi esa allaqachon ko‘plab eksponatlar bilan to‘ldirilgan.

Madonna

Foto: Kollaj “Daryo”

Beqaror xulq-atvori va injiq tabiati bilan tanilgan qo‘shiqchi buyuk rassomlarning asarlarini to‘playdi. Ba’zi mish-mishlarga ko‘ra, bunga u 170 million dollardan ko‘proq pul sarflagan. Uning kolleksiyasida Pikasso, Kalo va boshqa mashhur rassomlarning rasmlari mavjud.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »