Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sari Kesslerning moliyaviy qiyinchiliklari ortda qoldi, chunki Margo Robbi onasi bu haqda boshqa o‘ylamasligi uchun ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tdi.

Foto: AdMe

Margo Robbi aktrisa bo‘lishni orzu qilgan va onasi qizining bu sohada muvaffaqiyatga erishishi uchun bor kuchi bilan qo‘llab-quvvatlagan. Sari qizi orzusini amalga oshirayotganda moliyaviy qiyinchiliklar haqida o‘ylamasligi uchun unga pul berdi. Aktrisa bundan xavotirda edi va u muvaffaqiyatga erishgandan so‘ng, bu pullarning so‘nggi tiyinigacha onasiga qaytarishga va’da berdi.

Foto: AdMe

“Men onamning barcha qarzlarini yozib oldim. Ba’zan u uyning ipotekasiga berish uchun ajratgan pullarini olib, menga berardi. Shuning uchun men har doim ularni qaytarishim kerakligini bilardim. Bu qog‘oz hali ham menda saqlanib turibdi”, — deydi aktrisa.

Foto: AdMe

Robbi “Uoll-strit bo‘risi” filmidagi rolidan keyin mashhurlikka erishdi. Film premyerasidan bir yil o‘tib, aktrisa onasining ipotekasini to‘liq to‘lab berdi. Aytish mumkinki, bu Sari Kesslerning 60 yillik yubileyiga haqiqiy sovg‘a bo‘ldi.

“Yetarlicha pul ishlab topganimdan so‘ng, hamma pulni to‘ladim. Men o‘sha paytda: ‘Ona, ipoteka haqida qayg‘urmang, u endi yo‘q’, deyishni o‘yladim”, — deydi aktrisa.

Foto: AdMe

“Menimcha, o‘rnimda bo‘lgan har bir kishi onasi uchun xuddi shunday qilgan bo‘lardi”, — deydi Margo.

Margo onasi bilan juda yaxshi munosabatda. Aktrisa o‘zi uchun qiyin vaziyatlarda doim onasidan maslahat so‘ragan. Aktrisa mashhurlikning salbiy tomonini birinchi his qilganida, o‘z karyerasini davom ettirishga arziydimi, degan savolga duch keldi. Margo onasining yoniga kelib, harakat qilishni xohlamasligini aytdi, biroq Sari qizining shubhalarini yo‘q qildi.

Foto: AdMe

“Onam mening yuzimga tik qaradi va: ‘Azizim, menimcha, to‘xtashga juda kech’, deb aytdi. O‘sha paytda faqat oldinga intilishim kerakligini tushunib yetdim”, — deydi Margo Robbi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »