Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p foyda ko‘rgan va eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati e’lon qilingandi. Unda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” yilni 4,34 trillion so‘m zarar bilan yakunlagani qayd etilgandi. Aksiyadorlik jamiyati buning sabablaridan birini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy faoliyati bo‘yicha asosiy daromadi — elektr energiyasini yagona xaridi va sotishidan shakllanadi. Yaʼni, hisobot bo‘yicha asosiy zararni mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotish hajmiga muvofiq tarzda, 2022-yildagi faoliyat yakuniga ko‘ra yalpi zarar 4,34 trillion so‘mni tashkil etgan.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ zarar bilan ishlashiga asosiy sabab, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 7-, 10- va 12-sonli bayonlari bilan tasdiqlangan tarmoq ichki tariflariga asosan, elektr energiyasini sotib olish (o‘rtacha 388,1 so‘m) va sotish (o‘rtacha 348,8 so‘m) narxlari orasidagi manfiy tafovut natijasida har bir kVt/soatdan 39,3 so‘m zarar evaziga hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazib bergani tufayli edi.

“Yaʼni aksiyadorlik jamiyati elektr energiyasi qimmat xarid qilinib, arzon sotilgani uchun zarar ko‘rgan”, — deyiladi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati izohida.

Misol tariqasida 2023-yilning 1-choragida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalardan jami 18,6 mlrd kVt/soat elektr energiyasi o‘rtacha QQS bilan 426,2 so‘mdan xarid qilinib, Hududiy elektr tarmoq korxonalariga 18,8 mlrd kVt/soat hajmda o‘rtacha 405,4 so‘mdan sotilgani, yaʼni har bir kVt/soatdan 20,8 so‘mdan zarar ko‘rilgani keltirib o‘tilgan.

Xabarda aytilishicha, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2023-yil uchun tasdiqlangan Biznes rejasida ham joriy yildagi faoliyati zarar bilan yakunlanishi nazarda tutilgan.

Izoh

Лазизбек Баракаев*

10.08.2023, 10:38

Давлатдан олинадиган субсидиячи? Давлат ахолига бериладиган Хар бир КВ электр учун ЭТК га адашмасам 500сум атрофида пул ту́лаб беради. Хурматли дарё мухбирлари Хар бир маълумотни ту́гри етказинглар. Ахолини алдаманглар. ЭТК га бериладиган субсидия хам аслида халкни пули!!!

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »