Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Davlat departamenti vakili Metyu Miller Rossiya va Ukraina prezidentlarining ushrashish ehtimolini baholadi. 

Kollaj: “Daryo”

Millerga ko‘ra, Vladimir Putin bilan uchrashish qarorini Vladimir Zelenskiyning o‘zi qabul qiladi. Biroq Kremlning “imperatorlik ambitsiyalari” bunga to‘siq bo‘lib qolmoqda.

“Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi har qanday uchrashuvga kelsak, bu qarorni Ukraina prezidentining o‘zi qabul qilishi kerak. Biz Ukraina kelajagi haqida gap ketganda bu jarayonni aynan Kiyev boshqarayotganini ochiq aytdik va bu har qanday potensial muzokaralarga taalluqlidir”, — dedi Miller.

U Kiyev bosqindan oldin ham Moskva bilan haqiqiy muzokaralarga tayyorligini bir necha bor namoyish etganini eslatdi.

“Ammo to‘siq har doim Putinning imperialistik maqsadlaridan voz kechmagani, Ukraina haqiqiy davlat emasligini iddao qilayotgani bilan bog‘liq. Shuningdek, Rossiya prezidenti o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqish niyatida emas”, — dedi Davlat departamenti vakili.

Zelenskiy va Putin uchrashishi mumkin

Avvalroq BAA prezidenti Muhammad bin Zayd al-Nahayon Ukraina va Rossiya prezidentlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etishni rejalashtirayotgani aytilgandi. AQSH prezidenti ham bundan xabardor ekani ma’lum qilingan.

Uchrashuv Dubayda BMTning iqlim bo‘yicha COP28 konferensiyasidan oldin tashkillashtirilishi rejalashtirilgan. COP28 konferensiyasi 30-noyabrdan 12-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

Ukraina davlat rahbarlari uchrashuvini baholadi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Ukraina tomoni Putinga ishonmasligi, shu sabab uning ishtirokidagi muzokaralarga rozi emasligini aytdi.

Muqobil variant sifatida Kuleba Rossiya—Ukraina mojarosini tugatish bo‘yicha muzokaralarda uchinchi tomon ishtirok etishi mumkinligini ta’kidladi.

“Yo‘q. Putin bizning hamkorimiz emas. Ishni bilvosita olib borishning boshqa diplomatik usullari ham bor. Ammo biz Putin va Zelenskiyni hech qachon bir stolda ko‘ra olmasligimiz aniq”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »