Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Qahramon mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu yerda 3 ming 900 nafarga yaqin aholi yashaydi. Mahallaning drayveri hunarmandlik va issiqxona xo‘jaligi deyish mumkin. 200 gektar maydondagi issiqxonalarda bozorbop sabzavotlar yetishtirib sotiladi. Shuningdek, mebelsozlik, tikuvchilik, zardo‘zlik yaxshi rivojlangan. 

Prezident shu yerlik Halil Qobilov va Gulbahor To‘xtayevalar xonadonida bo‘ldi. Qo‘ni-qo‘shnilar, oqsoqollar yig‘ilib, samimiy davra qurildi. Mahalla raisi hududdagi o‘zgarishlar, odamlar hayoti haqida so‘zlab berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mahallada o‘ndan ortiq savdo do‘koni, tikuvchilik ustaxonalari, mehmonxona va restoranlar bor. Ularda mahalliy yoshlar ishlab, daromad topmoqda. Umuman aytganda, mahallada ishsiz odam yo‘q, o‘tgan davrda birorta jinoyat sodir etilmagan. 

“Obod mahalla” dasturi asosida infratuzilma yaxshilangan. Xususan, ichki yo‘llar asfaltlanib, piyodalar yo‘laklari qurilgan. Transformator o‘rnatilib, elektr tarmoqlari yangilangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Odamlarga nima kuch beradi? Islohotlar natijasini o‘z hayotida ko‘rish. Bugun odamlarimiz shunday ruh bilan ertangi kunga intilyapti. Harakat qilgan oilaning biri ikki bo‘lyapti. Xalqimiz bizga katta ishonch bildirdi. Yanada o‘zgarishlarni, yangi tashabbuslarni kutyapti. Bu juda yuksak mas’uliyat”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvda nuroniylar yoshlar tarbiyasi, tuman rivoji bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »