Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘tkazib yubormaslik kerak bo‘lgan 4 ta yangi turk seriali haqida ma’lumot beramiz.

“Klyukva sharbati”

Foto: Filmdan kadr

Doa va Fotih bir-birlarini telbalarcha sevib, to‘y qilishni orzu qiladilar. Ammo sevishganlarning qarindoshlari bu nikohga qarshi. Agar qizning onasi gender munosabatlariga nisbatan ilg‘or qarashlarga amal qilsa, yigitning ota-onasi an’analarni ehtiyotkorlik bilan hurmat qiladigan konservativ odamlardir.

Baxtga erishish yo‘lida zamonaviy Romeo va Juletta oilalaridagi tarqoqlikni yengib o‘tishlari va har qanday to‘siqlarga qarshi kurashishlari kerak. “Klyukva sharbati” Shekspirning oshiqlarning har qanday to‘siqlarni yengib o‘tishi haqidagi abadiy hikoyasi ko‘p asrlar o‘tgandan keyin ham mualliflar uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai ekanligini isbotlaydi.

“Qo‘rg‘on sirlari”

Foto: Filmdan kadr

Bosh qahramon Ferit — boy va obro‘li Ko‘rxanlar oilasida o‘sgan, oilaboshi Xolis Ko‘rxan mashaqqatli mehnat evaziga obro‘ va boylik orttirgan, muvaffaqiyat qadrini biladi. Lekin Ferit bobosining izidan yurmoqchi emas. Yigit vaqtini cheksiz ziyofatlarda turli xil odamlar bilan bekorga o‘tkazadi. Nabirasining g‘ala-g‘ovur ishlaridan charchagan Xolis og‘a ishni o‘z qo‘liga oladi.

Oilasini sharmandalikdan, biznesini esa kelajakda barbod bo‘lishidan qutqarish uchun u Feritga munosib rafiqa topishga qaror qiladi – axir har bir muvaffaqiyatli erkakning ortida buyuk ayol turadi. Tanlov maftunkor Sunaga to‘g‘ri keladi — kamtarin va odobli qiz, u ideal xotin bo‘lishi kerak edi.

Ammo unashtiruv marosimida Suna emas, uning singlisi Seyran Feritga qaylig‘ bo‘ladi. Endi taslim bo‘lishga odatlanmagan ikki qaysar qahramon o‘zaro rad etishdan buyuk sevgiga o‘tishlari kerak.

“Katta-kichik yolg‘on”

Foto: Filmdan kadr

So‘nggi yillarning eng hayajonli va qaynoq turk seriallaridan biri. Sujet markazida ko‘p yillar avval poytaxtni zabt etish uchun ona shahrini tark etgan doktor Oya turadi. Ona yurtiga qaytgan qiz bolalikdagi do‘stlarini uchratadi, ular doimo unga hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lishgandi. Hasadgo‘y qizlar Oyaga tuhmat qilib, uning hayotini buzishgandi.

Katta shaharda o‘ziga bo‘lgan ishonchini tiklab olgan qahramon aybdorlarni jazolashga qaror qiladi va qasos olish uchun ayyorona reja tuzadi. Ammo uning barcha rejalari qotillik tufayli barbod bo‘lib, kichik shaharchani vayron qiladi va har bir aholini potensial gumondorga aylantiradi.

 “Sen tug‘ilgan uy — sening taqdiring”

Foto: Filmdan kadr

Serialning bosh qahramonlari butunlay boshqa olamdagi odamlardir. Mehdi kambag‘allikda o‘sgan va hech qachon farovonlik nima ekanini bilmagan. Zeynep esa aksincha, hamma narsa to‘kin-sochin bo‘lgan badavlat oilada tug‘ilgan. Ammo bunday fonga qaramay, qahramonlarni og‘riqli bolalikdagi umumiy tajriba birlashtiradi.

Ularning ikkalasi ham yaqinlarining mehr-muhabbatini his qilmagan. Mehdi va Zeynepning tanishuvi ularning hayotini o‘zgartiradi: yoshlar bir-birini sevib qolishadi va o‘zlariga yopishgan “la’nat”ni to‘xtatishga qaror qilishadi. Ammo bolaligingizdan beri o‘zingizni yoqtirmasangiz, boshqasini chin dildan sevish qiyin.

“Shunchaki do‘stlar”

Foto: Filmdan kadr

O‘zini er-xotin qilib ko‘rsatgan yigit va qiz haqidagi italyan komediyasining turkcha talqini. Lekin ular nafaqat umumiy sir, balki Istanbulning qoq markazidagi hashamatli kvartiralarga ham ega. Shuhratparast Eje va maftunkor xonimlar boylik uchun o‘zini Umutni sevib qolgandek ko‘rsatadi.

Gap shundaki, hashamatli uy Umutning xolasiniki bo‘lib, u uyni jiyaniga bo‘lajak rafiqasi bilangina yashash sharti bilan ijaraga berishga rozi bo‘lgan. Shunday qilib, do‘st va qo‘shnilar o‘rtasida shaxsiy manfaatlar uchun raqobat boshlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »