Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hukumat qarori bilan Toshkent metrosi yerusti yo‘li bekatlariga nom berildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

9-avgust kuni imzolangan qarorga ko‘ra, Toshkent metropoliteni yerusti metro halqa yo‘lining jami 19 ta bekatga nom berildi.

 “Do‘stlik – Qo‘yliq” yo‘nalishi 1–14 bekatlariga:

  • 1-bekat — Texnopark;
  • 2-bekat — Yashnobod;
  • 3-bekat — Tuzel;
  • 4-bekat — Olmos;
  • 5-bekat — Rohat;
  • 6-bekat — Yangiobod;
  • 7-bekat — Qo‘yliq;
  • 8-bekat — Matonat;
  • 9-bekat — Qiyot;
  • 10-bekat — Tolariq;
  • 11-bekat — Xonobod;
  • 12-bekat — Quruvchilar;
  • 13-bekat — Turon;
  • 14-bekat — Qipchoq;

“Chilonzor” yo‘lining “Olmazor – Sergeli” yo‘nalishi 1–5 bekatlariga:

  • 15-bekat — Choshtepa;
  • 16-bekat — O‘zgarish;
  • 17-bekat — Sergeli;
  • 18-bekat — Yangihayot;
  • 19-bekat — Chinor.

Toshkent metropoliteni xodimi Rustam Po‘latov 2021-yil sentabrida yangi metro liniyalarining raqamlanishi vaqtincha ekanini, atamashunoslar bekatlar qurilgan joyning tarixi, o‘tmishini o‘rganib, shunga ko‘ra nom tanlashini aytgandi.

2023-yilning aprelida Toshkent yerusti metrosining “Do‘stlik—Qo‘yliq” va “Olmazor—Sergeli” yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatga qanday nom berish bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi. Jamoatchilik fikrini yig‘ish va ovozga qo‘yish uchun poytaxt hokimligining maxsus veb-sahifasi ishga tushirildi.

Toshkent shahar hokimligi Transport vazirligi huzuridagi taniqli olimlar, tarixchilar, filologlar, toponimistlar va boshqa soha mutaxassis-ekspertlari, shuningdek, OAV vakillari, blogerlardan iborat Ishchi guruh “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonun talablari asosida hamda davlat tilida toponimlar yozilishining belgilangan qoidalariga muvofiq, kelib tushgan takliflardan har bir bekat uchun eng mos nomni tanlab olganini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »