Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyati IIB hududiy elektr tarmoqlari korxonasi binosida yuz bergan janjal yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Farg‘ona viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi binosiga bir necha shaxslar bostirib kirib, korxona xodimiga tan jarohati yetkazgani haqidagi videoxabar viloyat IIB tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Kadr: Telegram

Maʼlum bo‘lishicha, 7-avgust kuni korxonaning kadrlar bo‘limi boshlig‘i U.M. korxona hisobchisi N.X.ga qo‘ng‘iroq qilib, ishga kelmagani yuzasidan suhbatlashish jarayonida uning turmush o‘rtog‘i X.N. bilan o‘zaro janjallashib ketgan. X.N turmush o‘rtog‘i hamda ikki nafar tanishlari bilan korxonaga kelib, U.M.ni qo‘llari bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, uning boshqaruvidagi avtomashina oynasini sindirib tashlagan.

Sud tibbiy ekspertizasining 10-avgustdagi xulosasida U.M.da yopiq bosh miya jarohati, bosh miya chayqalishi, o‘ng peshona sohasining lat yara, o‘ng ko‘z qovoqlarida qontalash, pastki lab o‘ng tomonida lat yara, chap quloq suprasi orqa yuzasida qontalash, pastki jag‘ o‘ng iyak sohasida qontalashlar aniqlanib, ushbu tan jarohatlari sog‘liqni 6 kundan ko‘p ammo 21 kundan kam bo‘lgan muddatga buzilishiga olib keluvchi yengil shikastlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan X.N.ga nisbatan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harkatlari olib borilmoqda.

  • Aprel oyida Samarqand viloyati Narpay tumanidagi bozorlarning birida sotuvchi yigit 16 kishi tomonidan kaltaklangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
  • Shuningdek, may oyida Qoraqalpog‘istonda bog‘cha tarbiyachisi bir necha kishi tomonidan kaltaklangan
  • Buxorodagi do‘konlarning birida erkak ayolini ayovsiz urgan edi.

Mavzuga doir
Izoh

Камал 777 Абдуллаев

11.08.2023, 11:38

илтимос каердан ишлаганини нима езасизлар

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »