Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida pul evaziga ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Bag‘dod tuman bo‘lim tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fuqaro R.Q. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 4 ming dollar va 30 million so‘m evaziga ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 30 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sh.P. ismli shaxs fuqaro S.Q.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Kasbi tuman tibbiyot birlashmasiga hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 dollarni olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatmasiga asosan davom etgan tadbirda ushbu tibbiyot birlashmaning xo‘jalik bo‘limi mudiri K.Ch. fuqaro Sh.P.dan 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa D.J. ismli shaxs fuqaro Z.K.ni tanishlari yordamida “O‘zmetkombinat” AJ ichki qo‘riqlash xizmatiga qo‘riqchi vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 700 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Noqonuniy ishga kiritish holatlari

Bundan oldin Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 27 ming AQSH dollarini o‘zlashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Buxoroda fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga qo‘yish evaziga 2 000 dollar olgan shaxslar ushlangani, Samarqandda harbiy oliygohlar va Temurbeklar maktabiga o‘qishga kiritishini aytib, fuqarolardan qariyb 10 500 dollar pul olgan ayol qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Shuningdek, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida pul evaziga ishga joylashtirib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »