Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gavayi arxipelagidagi Maui turistik orolida o‘rmon yong‘inlari 53 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deb xabar bermoqda orol rasmiylari.

Foto: AP Photo

Vayronagarchiliklarning asosiy qismi Maui shimolidagi Laxayna shahrida kuzatildi.

Orolda uch kundan beri yong‘in davom etmoqda. Gubernator Josh Grinning CNN telekanaliga aytishicha, qutqaruvchilar yonib ketgan yuzlab binolarni ko‘zdan kechirayotganda qurbonlar soni avvalgidan (dastlab 36 kishi edi) “sezilarli darajada” ko‘p ekanini aniqlagan. Unga ko‘ra, 1 700 dan ortiq uy vayron bo‘lgan.

Orol ma’muriyatining ta’kidlashicha, Laxaynadagi yong‘inning 80 foizi o‘rab olingan. Yong‘inni o‘chirish bo‘yicha ishlar olib borilayotgan vaqtda shaharga kirish cheklangan, bundan tashqari, shahar elektr energiyasidan uzilgan. Bir kechada 1 050 kishi harbiy muzey va jamoat markaziga joylashtirilgan, yana 300 nafar aholi Maui qirollik sobori va nasroniylar cherkovida ochilgan favqulodda evakuatsiya joylarida qolmoqda.

AQSH prezidenti Jo Bayden Gavayidagi o‘rmon yong‘inlari fonida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish deklaratsiyasini imzoladi. Deklaratsiyaga muvofiq Maui okrugidagi yong‘indan jabrlanganlar uchun federal budjetdan pul ajratiladi.

Orolda tabiiy yong‘inlar 8-avgust kuni boshlangan. Olov binolarni qamrab olgan va kuchli shamol ta’sirida boshqa uylarga tarqalgan. Ba’zi mahalliy aholi vakillari yong‘indan qutulish uchun o‘zini okeanga tashlashga majbur bo‘lgan. Ko‘chalarni qalin tutun qoplagani sabab aholi atrofni deyarli ko‘ra olmay, mashinalarda shaharni tark etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »