Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ispaniyada koronavirusning omikron shtammining yangi varianti — EG.5 bilan kasallangan 120 dan ortiq odam aniqlandi. Bu haqda El Periodico nashri ma’lum qildi.

Kataloniya hukumatidagi manbalarga ko‘ra, bu hududda 50 dan ortiq kasallanish holati aniqlangan. EG.5 birinchi marta 8-iyun kuni mintaqada aniqlangan. Shifokorlar ma’lum qilishicha, mahalliy kasalxonalarga murojaat qilayotganlar sonining ko‘payishiga koronavirusning yangi turi sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: Google Images 

Ispaniya matbuotining yozishicha, hozirda qirollikda kovid bilan kasallanish darajasi oshgan. Agar iyul oyi boshida har 100 ming aholiga 29 ta holat aniqlangan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 90 ga yaqin. Ko‘p hollarda kasallik yengil ko‘rinishda o‘tmoqda.

4-iyul kuni Ispaniya hukumati mamlakatda COVID-19 pandemiyasi tugaganini e’lon qilib, niqob kiyish majburiyatini bekor qilgandi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus omikron shtammining yangi EG.5 “Eris” varianti dunyo bo‘ylab tez tarqalayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, JSST koronavirusning yangi varianti “global miqyosda” aholi uchun katta xavf tug‘dirmaydi, deb hisoblamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »