Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus omikron shtammining yangi EG.5 “Eris” varianti dunyo bo‘ylab tez tarqalayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, JSST koronavirusning yangi varianti “global miqyosda” aholi uchun katta xavf tug‘dirmaydi, deb hisoblaydi.

Foto: Central Asia

EG.5 shtammi birinchi marta 17-fevralda qayd etilgan. O‘shandan beri unga chalinish bo‘yicha “dunyo bo‘ylab xabar qilingan holatlar ulushi barqaror o‘sib bormoqda”, deb tushuntirildi tashkilot press-relizida.

“2023-yil 19-iyulda bu virus kuzatuv ostidagi variant sifatida belgilandi”, — deydi JSST.

Tashkilot virusning xavflilik darajasini baholashda davom etyapti.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, EG.5 faol tarqalishiga qaramay, uning “global darajada” aholi uchun xavf tug‘dirish darajasi past.

“Eris” shtammining belgilari yo‘tal, burun oqishi, isitma, tomoq og‘rig‘i va ko‘krak qafasining siqilishi bilan namoyon bo‘ladi.

May boshida JSST rahbari Tedros Gebreyesus dunyoda COVID-19 pandemiyasi tugagani e’lon qilgandi. Shu bilan birga, Gebreyesus virusning ehtimoliy xavfi davom etishidan ogohlantirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »