Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ba’zan kichik sahnani suratga olish uchun rejissorlar bir nechta, hatto o‘nlab kadr olishlari kerak. Shu sababli suratga olish oxirida detal qanday joylashganini, shuningdek, aktyorning qaysi pozitsiyada bo‘lganini kuzatish qiyin.

“Minora” (2022) filmida temir narvon ko‘chib, zinapoyalar joyidan siljib qoladi. Agar zinapoyaning siljigan paytini diqqat bilan ko‘rib chiqsangiz, butun zinapoyaning qanday qo‘zg‘alganini va minorada oyoq qo‘yishga joy qolmaganini ko‘rishingiz mumkin.

Foto: AdMe

“Mening timsohim” (2022) filmi o‘rtasida Josh va uning o‘gay onasi Keti Primm yo‘lakda gaplashayotgan sahna bor. Orqa fonda o‘tkinchilarning qahramonlar tomon yurganlarini va rakurs o‘zgarganda ular qayergadir g‘oyib bo‘lishini ko‘rish mumkin. To‘q sariq rangli futbolkadagi o‘sha ayol Josh va Ketining yonidan bir necha marta va bir xil tomonga o‘tadi.

Foto: AdMe

“Transformerlar: Maxluqlar yuksalishi” (2023) filmida qahramonlardan biri bolalar ratsiyasidan foydalanib, minglab kilometr uzoqlikdagi suhbatdoshini eshitadi.

Foto: AdMe

Qora pantera: abadiy Vakanda” (2022) filmining boshida odamlar Vakanda qirolining tobutini ko‘taradi. Ko‘rinib turibdiki, tobutda 6 ta tutqich bor. Ammo u samolyotga ko‘tarilganida, tutqichlar 4 ta bo‘lib qoladi.

Foto: AdMe

Xuddi shu filmda Riri va Shuri yotoqxonada gaplashayotgan sahna bor. Ririning yelkasiga tushib turgan sochlari soni tez-tez o‘zgarib turadi.

Foto: AdMe

“Ancharted: xaritada yo‘q maskan” (2022) jangovar sarguzasht filmida Neyt va Xloya Freyzer Barselona ko‘chalari ostidagi qadimiy Rim omboridan tuz to‘ldirilgan to‘rtta xum topadi. Xumlar yorilib ketganda, to‘kilgan tuz har yoqqa bir tekisda yoyiladi. Ammo tuz juda nam tortadigan mineraldir. Shahar ko‘chalari ostida, yopilmagan idishda va nam muhitda saqlanayotgan tuzning, ayniqsa, 500 yil ichida bitta ulkan qattiq moddaga aylanib qolmasligi mumkin emas.

Foto: AdMe

“Indiana Jons va taqdir g‘ildiragi” (2023) filmi — sarguzashtlarsiz yashay olmaydigan arxeolog haqidagi serialning beshinchi va oxirgi qismi qo‘pol xatolar va noaniqliklarga to‘la. Misol uchun, yovuz odamlar g‘orlar bo‘ylab Indianani taqib qilishganda, eski yog‘och ko‘prik sinadi va deyarli qulab tushadi. Biroq yovuz odamlar qochganda faqat bir nechta yog‘och taxtalar singan, ko‘prik esa yaroqli holda.

Foto: AdMe

“Yura davri dunyosi: hukmronlik” (2022) filmida ham juda ko‘p xato va noaniqliklar mavjud. Misol uchun, Elli va Alan BioSyn Genetics Wildlife Refuge’ga boradigan sahnada vertolyot oynasi ularning bulutlarning zich qatlami ustida uchayotganini ko‘rsatadi. Biroq tashqaridagi manzara tasvirlangan kadrlarda bulut ko‘rinmaydi.

Foto: AdMe

Xuddi shu filmda Meysi xonasiga kirgach, eshikni shu qadar qattiq yopadiki, javondagi ba’zi buyumlar tushib ketadi. Bir necha soniyadan so‘ng Kler eshikni ochish uchun yurganida, tushib ketgan narsalar joyida ekanligi ko‘rinadi.

Foto: AdMe

Xuddi shu filmda Elli dinozavr bolasini ushlaganda ikkala qo‘li bilan yuzidan ushlab turadi. Bir soniya ham o‘tmay uning chap qo‘li beton to‘siqda, o‘ng qo‘li bilan esa hayvonni shoxidan ushlab turganini ko‘rish mumkin.

Foto: AdMe

“Yo‘qolgan shahar” (2022) filmining boshida Sandra Bullokning qahramoni g‘azabdan axlat qutisini tepadi. Urna yiqiladi, lekin ichidagi axlatlar to‘kilmaydi. Bir soniyadan so‘ng aktrisaning oyog‘i ostida bir necha qahva idishlari paydo bo‘ladi.

Foto: AdMe

“Men tanigan odam” (2023) filmidagi sahnalardan birida Elli salfetkasini g‘ijimlab, stol ustiga qo‘yadi. Shundan so‘ng qandaydir tushunarsiz tarzda stol ustidagi salfetkaning shakli va o‘rni bir necha marta o‘zgaradi.

Foto: AdMe

“Jon Uik” (2023) filmida bosh qahramon yomon bolaning kiyimidagi nishonni yechib, ko‘ylagining oldingi o‘ng cho‘ntagiga solib qo‘yadi. Bir necha daqiqadan so‘ng, Uik nishonni ko‘ylagining chap cho‘ntagidan chiqaradi.

Foto: AdMe

“Halokat” (2023) filmida birinchi halokatli qo‘nish paytida ikkinchi uchuvchi xavfsizlik kamarini bog‘laydi. Keyin bir kadrda kamar ochiladi, keyin yana mahkamlanadi, keyin yana ochiladi va hokazo.

Foto: AdMe

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »