Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi” jamlanmasini maktablarga yetkazib berish boshlandi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Unga ko‘ra, 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bola uchun “Prezident sovg‘asi” xaridi amalga oshirilib, tuman bo‘limlari orqali hududlarga yetkazilmoqda. 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:

  • O‘quvchi sumkasi;
  • 12 dona daftar;
  • Rasm daftari;
  • Akvarel bo‘yoqlari;
  • Rangli qog‘oz;
  • Qalamdon;
  • Sharikli ruchka;
  • Rangli qalam;
  • 2 dona oddiy qalam;
  • Plastilin;
  • Yelim;
  • 2 dona o‘chirg‘ich.

Qayd etilishicha, “Prezident sovg‘asi” 25-avgustiga qadar vazirlikning adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda  umumta’lim maktablariga yetkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »